O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRJA ISHIDA VOSITACHILIK FAOLIYATI 7.1. Birja ishida vositachilik amaliyoti
Tayanch so‘zlar: brokerlik joyi, birja savdolari, rasmiy dilerlar (mar-
ket-meykerlar), listing tadbiri, qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi, delisting. Nazorat savollari: 1. Brokerlik joyi deganda nimani tushunasiz? 2. Brokerlik joyiga egalik qilish qanday amalga oshiriladi? 3. Rasmiy dilerlar (market-meykerlar) tavsifini bering. 4. Listing tadbiri qanday amalga oshiriladi? 5. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi nima va u qanday o‘rnatiladi? 57 VII BOB BIRJA ISHIDA VOSITACHILIK FAOLIYATI 7.1. Birja ishida vositachilik amaliyoti Birja ishida vositachilik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday faoliyatni, asosan, investitsiya vositachilari o‘zlarining qo‘l ostidagi treyderlari yordamida amalga oshiradi. Shuningdek, investitsiya vositachilari (broker-dilerlar) fond bo- zorining professional ishtirokchilari ichida ko‘p sonli va eng tajri- bali guruhni tashkil etadi. Vositachilik yoki topshiriq shartnomasi, yoxud mijozning vo- sitachisi, yoki ishonchli vakili sifatida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib bo- ruvchi yuridik shaxs brokerdir. Mijozlarning bitimlar tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari, shuningdek, broker tomonidan shart- nomalar asosida mijozlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha olingan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari broker tegishlicha Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida va bankda ochadigan (ochiladi- gan) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak. Broker o‘ziga mijozi tomonidan topshirilgan pul mablag‘lari- dan, mijozga uning topshiriqlari ko‘rsatib o‘tilgan pul mablag‘lari hisobidan bajarilishini yoki ular mijozning talabiga binoan qaytari- lishini kafolatlagan holda o‘z manfaatlarini ko‘zlab foydala nishga, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, haqlidir. Brokerga pul mablag‘laridan o‘z manfaatlarini ko‘zlab foy- dalanish huquqini bergan mijozlarning pul mablag‘lari brokerga 58 bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablag‘lari turgan hisobvaraqdan (hisobvaraqlardan) alohida bo‘lgan hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak. Broker o‘z pul mablag‘larini bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) o‘tkazishga haqli emas, Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablag‘larini mijozlarga qay- tarish va (yoki) mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno. Broker har bir mijozning pul mablag‘lari hisobini yuritishi, qim- matli qog‘ozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirig‘iga binoan va u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amal- ga oshirishi, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar to‘g‘risida unga hisobot berib borishi shart. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxini osh- kora e’lon qilish orqali ushbu qimmatli qog‘ozlarni o‘zi e’lon qil- gan narxlarda sotib olish va (yoki) sotish majburiyati bilan o‘z no- midan hamda o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari tuzuvchi yuridik shaxs dilerdir. Diler qimmatli qog‘ozlar narxidan tashqari ularga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: sotib olinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning eng kam va eng ko‘p miqdorini, shuningdek, e’lon qilingan narxlarning amalda bo‘lish muddatini oshkora e’lon qilish huquqiga ega. Ushbu e’londa qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari ko‘rsatilmagan taqdirda, diler o‘z mijozi taklif qilgan muhim shartlar asosida shartnoma tuzishi shart. Diler qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, unga nisbatan shunday shart- noma tuzishga majbur qilish haqida va (yoki) mijozga yetkazil- gan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin. Yuridik shaxsni – investitsiya vositachisini tugatish faqat qim- matli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi investitsiya vositachisi o‘z mijozlariga tegishli bo‘lgan qim- matli qog‘ozlarni qaytarganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Birja boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan birja a’zolari birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblanadi. 59 Birja a’zosiniug faqat birjada muayyan qoidalarga muvofiq ro‘y- xatdan o‘tgan va ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi trey- derlari birja a’zosi nomidan bitimlar tuzish huquqi bilan birja sav- dolarida ishtirok etishi uchun ruxsat beriladi. Birja a’zosi o‘zining treyderi (treyderlari) tomonidan birjada amalga oshiriladigan barcha harakatlar uchun javobgardir. Trey- derlarning noto‘g‘ri yoki ruxsat etilmagan harakatlari natijalari uchun birja javobgar emas. Birja savdo zaliga birja savdolarida bitim tuzmaslik sharti bilan kirish uchun quyidagilarga ruxsat beriladi: – birjaning bosh makleri; – birja maklerlari; – savdo tizimining belgilangan tartibdagi faoliyatini ta’minlov- chi birja mutaxassislari; – birja boshqaruvi raisi, uning o‘rinbosarlari; – qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakolatli vakillari; – qonunda ko‘zda tutilgan tartib va hollarda boshqa shaxslar. Savdolarni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish va to‘xtatish huquqi bilan savdolar jarayoniga tezkor aralashish huquqiga keyinchalik o‘z harakatlarini yozma rasmiylashtirish bilan, birja boshqaruvi rai- si, uning o‘rinbosarlari, birjaning bosh makleri, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining vako- latli vakillari ega. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling