7.2.2. Birja a’zosining dilerlik faoliyatini
amalga oshirish shartlari
Birja a’zosi birjada dilerlik faoliyatini amalga oshirishda qim-
matli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlar majburiyat-
larini vijdonan bajarishi lozim.
Birja a’zosi – diler:
65
a) qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirishdan oldin
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va (yoki) sotishning o‘zgarmas
boshlang‘ich narxlarini e’lon qilishi;
b) qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish taklifi bilan mu-
rojaat qilgan shaxslar bilan ular tomonidan qimmatli qog‘ozlarning
oldindan e’lon qilingan oxirgi o‘zgarmas (qat’iy) narxlari va soniga
muvofiq ravishda bitimlar tuzish va bunday bitimlarni tuzishdan
bosh tortmasligi shart.
Diler narxdan tashqari qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnoma-
sining boshqa muhim shartlarini e’lon qilish huquqiga ega, xusu-
san:
a) sotib olinadigan va/yoki sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning
minimal va maksimal miqdori;
b) e’lon qilingan narxlarning amalda bo‘lish muddati.
Ushbu e’londa qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasining
boshqa muhim shartlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, birja a’zosi – diler
muqobil buyurtmada ko‘rsatilgan muhim shartlar asosida shartno-
ma tuzishga majbur.
Birja a’zosi – diler qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnoma-
sini tuzishdan bosh tortgan taqdirda, unga nisbatan majburiy ra-
vishda shunday shartnomani tuzish to‘g‘risida va/yoki yetkazilgan
zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo qilinishi mumkin.
Tayanch so‘zlar: birja ishida vositachilik faoliyati, investitsiya vositachilari,
fond bozorining professional ishtirokchilari, topshiriq shartnomasi, broker, di-
ler, qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari, treyder, birjaning bosh mak-
leri, birja maklerlari, investitsiya broken.
Nazorat savollari:
1) Birja ishida vositachilik faoliyati deganda nimani tushunasiz?
2) Investitsiya vositachiligi faoliyati qanday amalga oshiriladi?
3) Fond bozorining professional ishtirokchilari tavsifini bering.
4) Qimmatli qog‘ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari qanday amalga oshiri-
ladi?
5) Birja maklerlarining qanday toifalarini bilasiz?
66
VIII BOB
Do'stlaringiz bilan baham: |