9.3. Himoyalash lozim bo‘lgan
axborotni saqlash
Asbob-uskunalarning buzilishi, yo‘q qilinishi, dasturiy xato-
lar, personalning noto‘g‘ri harakatlari va boshqa turli sabablarga
ko‘ra ma’lumotlarni yo‘qotishning oldini olish uchun ma’lumotlar
to‘plamidan muntazam nusxa olish tizimi ko‘zda tutilgan. Bunday
zaxira nusxalari olish xatolik yuzaga kelgan yoki axborot yo‘qotil-
gan taqdirda eng yaqin ishga yaroqli nusxadan foydalanishga im-
kon beradi. Bundan tashqari, birjaning asosiy binosi buzilib ketgan
taqdirda birja faoliyat ko‘rsatayotgan vaqt davomida birja kom-
pyuter tizimiga berilgan barcha buyurtmalar va ular bilan tuzilgan
bitimlar haqida to‘liq axborot olish mumkin bo‘lishi uchun arxiv
nusxalari olish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlar to‘plamidagi axborotdan zaxira uchun nusxa lenta-
li vositalarga olinadi. Arxiv nusxalari quyidagi guruhlarga taqsim-
lanadi:
– zaxira nusxalar;
– arxiv nusxalar;
85
– «yong‘in» nusxalari.
Zaxiralash. Zaxira nusxalari ma’lumotlar to‘plamidan nusxa
olish vaqtida bo‘lgan ma’lumotlarni qayta tiklashga imkon beradi-
gan kundalik nusxa olish uchun xizmat qiladi.
Arxivlash. Arxiv nusxalari uzoq kelajakda kerak bo‘lib qolishi
mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotlardan nusxa olish va saqlash
(arxivlash) uchun xizmat qiladi. Birja kompyuter tizimining barcha
savdo ma’lumotlar to‘plamlari kundalik arxivlanishi lozim.
«Yong‘in» nusxalari tabiiy ofatlar ro‘y berishi natijasida bir-
ja kompyuter tizimi yo‘qotilgan hollarda birja kompyuter tizimini
ishga tushirishga imkon beradigan ma’lumotlar va dasturlar nus-
xalaridan iborat bo‘ladi. Zaxira uchun nusxa olish belgilangan vaqt
oralig‘ida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ma’lu-
motlarni arxivlash savdolar yakunlangandan so‘ng keyingi ope-
ratsion kunga tayyorlanish jarayonining bir qismi sifatida har kuni
bajariladi. Bunda foydalanuvchilarning barcha harakatlarini qayd
qilish jurnali, buyurtmalar berish/chiqarib tashlash va tuzilgan
bitimlar haqidagi axborot keyinchalik arxivlash jarayonida mag-
nit-optik vositaga ko‘chirib olinadigan ma’lumotlar to‘plamining
arxiv jadvaliga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |