O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Investitsiya fondi va kliring palatasining fond bozoridagi faoliyati Investitsiya fondi.
Hisob-kitob – kliring palatasi. O‘zaro majburiyatlarni (qim-
matli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha axborotni to‘plash, so- lishtirish, tuzatish va ularga doir buxgalteriya hujjatlarini tayyor- 112 lash) aniqlash hamda qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar, o‘zaro majburiyatlarni hisobga olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisob-kitob – kliring palatasidir. Hisob-kitob – kliring palatalari o‘zaro majburiyatlarni aniqlash chog‘ida tayyorlangan qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va bux- galteriya hujjatlarini qimmatli qog‘ozlar bozorining qaysi ishtirok- chilari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ijro etish uchun qabul qiladi. Hisob-kitob – kliring tashkilotlari qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z yilida va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash, ularning aylanmasini tezlashtirish, bitim- lar tuzishda to‘lovlarning kechiktirilishi hamda to‘lanmasligi- ning oldini olish, tuzilgan bitimlarning natijalarini tezkorlik bilan umumlashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarni fond bozori konyunkturasining joriy ahvoli haqida xabardor qilib turish maqsadida tashkil etiladi. 12.2. Investitsiya fondi va kliring palatasining fond bozoridagi faoliyati Investitsiya fondi. Investitsiya fondiga turli xildagi xatarlarni kamaytirish maqsadida ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish va moliyaviy yo‘qotishlarga olib keluvchi qator operatsiyalarni amal- ga oshirish qonun yo‘li bilan man etiladi. Masalan, investitsiya fondi: – qimmatli qog‘ozlarga mablag‘lar sarflash, opsionlar, fyuchers- larni xarid qilish, har xil turdagi kafolatlarni berish va mol-mulk- ni garovga qo‘yishdan tashqari investitsiyaning boshqa turlarini amalga oshirish; – egalari fond tugatilganidan so‘ng aktivlarni sotib olish uchun oddiy aksiyalarning egalariga qaraganda ustunlik huquqlariga ega 113 bo‘lgan obligatsiyalar, imtiyozli aksiyalar va boshqa turdagi maj- buriyatlar (qarz majburiyatlari)ni chiqarish; – agar aksiyadorlik jamiyatining oddiy aksiyalarini xarid qilgan- dan keyin investitsiya fondining affilatsiyalangan shaxslariga ush- bu jamiyat aksiyalarining 10 foizdan ortig‘i tegishli bo‘lsa, ularni sotib olish; – o‘zining sof aktivlarining 10 foizdan ortig‘ini bir emitent- ning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish, davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno; – fondni o‘zining affilatsiyalangan shaxslari qimmatli qog‘ozla- riga mablag‘larni investitsiya qilish, qarz majburiyatlariga mab- lag‘larni sarflash (davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno); – o‘zining affilatsiyalangan shaxslaridan qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlarni sotib olish yoki ularga sotish, boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini xarid qilish huquqiga ega emas. – shuningdek, investitsiya fondlari faoliyati uchun ayrim boshqa cheklovlar ham mavjud va ular bunga og‘ishmay amal qilishlari lozim. Investitsiya fondi foydasining soliqlar, majburiy to‘lovlar va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi mukofotlari to‘langanidan keyin qolgan va sarmoyani ko‘paytirishga yo‘nalti- rilmagan qismi aksiyadorlar o‘rtasida dividend sifatida taqsimla- nadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling