O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

11.2. Investitsiya va xolding
kompaniyalari faoliyati
Investitsiya kompaniyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, 
qimmatli qog‘ozlarga mablaglar sarflash, qimmatli qog‘ozlarni o‘z 
nomidan va o‘z hisobidan olish-sotish ishlarini amalga oshiruvchi 
yuridik shaxsdir (biz investitsiya kompaniyasi deb ataydigan muas-
sasa AQSH amaliyotida investitsiya banki deb nomlanadi).
Investitsiya kompaniyalari o‘z resurslarini faqat muassislarning 
mablag‘lari va qayta investitsiyalangan o‘z mablag‘lari hisobidan 
shakllantiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslarga sotiladigan 
o‘z qimmatli qog‘ozlari emissiyasini amalga oshiradi.
Investitsiya kompaniyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat:
1. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni tashkil etish va emitentga 
(muassislarga) ularning joylashtirilishi kafolatini berish.
2. Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilish.


106
3. Qimmatli qog‘ozlar bilan o‘z hisobidan va shaxsiy tavak-
kalchilik asosida operatsiyalar (oldi-sotdi) qilish (dilerlik faoliyati).
O‘zbekistonda dastlabki investitsiya kompaniyalari 1992-yil-
ning oxirida paydo bo‘ldi. Ulardan eng yirigi «Toshkent» Respub-
lika universal tovar-fond birjasi bazasida tashkil etilgan «Toshkent» 
O‘zbekiston moliya-investitsiya kompaniyasi («O‘zmoliyain-
vest») edi. Investitsiya kompaniyalari «Qimmatli qog‘ozlar bozori 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingun-
ga qadar «Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish me-
xanizmi to‘g‘risida»gi va «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunlar 
asosida ish olib borardi. Ularning investitsiya muassasasi sifatida-
gi faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun hujjati mavjud emas 
edi. Shuning uchun ko‘pchilik investitsiya kompaniyalari tijorat va 
qimmatli qog‘ozlar bozori bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoli-
yat turlari bilan shug‘ullanardi. 1996-yilda investitsiya kompani-
yalari faoliyatining ayrim cheklovlari qabul qilinganidan keyin 
(ular o‘zlarining jalb qilingan resurslarini aholining omonatlari va 
mablag‘lari hisobidan shakllantirishi mumkin emas edi) ularning 
ko‘pchiligi investitsiya muassasalarining boshqa turlariga (odatda, 
boshqaruvchi kompaniyaga) aylangan holda o‘z maqomini o‘zgar-
tirdi.
Investitsiya kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan 
biri anderrayting, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki ular-
ni sarmoyadorlar o‘rtasida joylashtirish kafolatini berish hisoblana-
di. Anderraytingga quyidagilar kiradi: qimmatli qog‘ozlarni chiqa-
rish shartlarini belgilash, ularning yangi nashrlarini tayyorlash, 
qimmatli qog‘ozlarni keyin sarmoyadorlarga qayta sotish uchun 
emitentlardan sotib olish, ularni joylashtirish kafolatini berish, yan-
gi nashrlarga obuna qilish bo‘yicha sindikatlar yoki sotish bo‘yicha 
guruhlar tashkil etish.
Anderrayter – bu qimmatli qog‘ozlarga xizmat ko‘rsatuvchi 
va ularning birlamchi joylashtirilishiga kafolat beruvchi, qimmat-
li qog‘ozlarni keyinchalik xususiy sarmoyadorlarga qayta sotish 
uchun emitentdan sotib oluvchi investitsiya muassasasidir.
107
Anderrayter sifatida investitsiya muassasalarining guruhi ish-
tirok etishi mumkin.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling