O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Brokerlik joyini ijaraga berish. Brokerlik joyi bir yildan ortiq 
muddatga uzaytirish bilan ijaraga berilishi mumkin. Bunda ijara-
chi (ijaraga oluvchi) birjaning vaqtinchalik a’zosi maqomiga ega 
bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, ijara davri mobaynida ijarachi birja 


122
a’zolarining yig‘ilishlarida va birjaning Boshqaruvi oldida faqat 
brokerlik joyi egasining ishonch qog‘ozi orqali fond birjasi a’zo-
sining manfaatlarini ifoda etishi mumkin.
Ijaraga beruvchi va ijarachi bir-biri bilan birjaning boshqaruvi 
tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakl bo‘yicha brokerlik joyi-
ning ijarasi haqida shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra ijarachi qimmatli
qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga, birja 
qoidalariga rioya qilishi, birja bilan xizmatlar ko‘rsatilishi uchun 
shartnoma tuzishi, tuzilgan bitimlar bo‘yicha vositachilik yig‘im-
larini birjaga o‘z vaqtida o‘tkazishi shart. Ijara haqining miqdori 
tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq belgilanadi. U qat’iy 
o‘zgarmas miqdorda (masalan, oyiga 5 ming so‘m) yoki nisbiy 
miqdorda har bir tuzilayotgan bitim summasiga nisbatan foiz hi-
sobida (masalan, har bir bitim bo‘yicha vositachilik yig‘imi sum-
masining 7 foizi), yoxud ikkala usulning uyg‘unligida belgilani-
shi mumkin. Bunda muntazam a’zolik badallarini to‘lash ijarachi 
zimmasiga yuklatiladi. Ijara shartnomasi birja tomonidan ro‘yxatga 
olinadi.
Fond birjasi a’zolariga savdolarga ruxsat berish faqat ular-
da qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun litsenziya 
mavjud bo‘lib, ular investitsiya muassasasi maqomiga ega bo‘lgan, 
shuningdek, brokerlik idorasi birjada ro‘yxatga olingan hollarda 
amalga oshiriladi. Birjada brokerlik joyini sotib olgan va qimmatli 
qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi 
malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs faqat u joy-
lardagi davlat boshqaruvi idorasida ro‘yxatga olinganidan hamda 
bankda hisob-kitob raqami ochilganidan keyin savdolarga qo‘yi-
lishi mumkin. Bunda birja a’zolari bo‘lgan yuridik shaxslarning 
ishonch qog‘ozi va birja Malaka komissiyasining ruxsatnomasi-
ni olgan brokerlar birja savdolarida bitimlar tuzish huquqiga ega 
bo‘ladi. Birja a’zosi bo‘lgan jismoniy shaxs, agar u mustaqil ra-
vishda faoliyat ko‘rsatsa, brokerlik idorasini ro‘yxatdan o‘tkazish 
uchun Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish 
huquqini beruvchi litsenziya va malaka shahodatnomasiga, birja 
Malaka komissiyasining ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak.
123

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling