O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Rasmiy dilerlar (market-meykerlar)


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

13.3. Rasmiy dilerlar (market-meykerlar)
Birja listingiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlarning doimiy 
kotirovkasini va ularning fond birjasidagi likvidligini ta’minlash 
uchun market-meykerlar tashkiloti faoliyat ko‘rsatadi. Rasmiy di-
lerlar birja tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional 
ishtirokchilari safidan tayinlanadi. Rasmiy diler maqomini olish 
uchun investitsiya muassasasi muayyan talablarga javob berishi
chunonchi: qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshi-
rish uchun litsenziyaga, qimmatli qog‘ozlar bozorida kamida bir 
yil ish tajribasiga ega bo‘lishi; rasmiy dilerning birja zalida ish 
yurituvchi xodimlari «Toshkent» RFBning avtomatlashtirilgan ish 
o‘rinlarida maxsus o‘qitilishi va birja Malaka komissiyasining sha-
hodatnomasiga ega bo‘lishi lozim.
Rasmiy diler listing korxonalarining qimmatli qog‘ozlari bilan 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun o‘z aktivlariga ega bo‘lishi 
kerak. Uning eng kam miqdori birjaning boshqaruvi tomonidan 
belgilanadi.
Listing maydonchasida operatsiyalar o‘tkazish uchun rasmiy 
diler qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga 
ruxsat etish haqidagi guvohnoma asosida birjaning tegishli ro‘y-
xatga olish raqamini oladi. Bu raqam u berilgan kundan boshlab to 
taqvim yili tugagunga qadar amal qiladi.
Investisiya dilerlari sifatida investitsiya vositachilari, investit-
siya kompaniyalari, aksiyadorlik-tijorat banklari, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari ishtirok etishi mum-
kin.
Har yili yanvar oyi mobaynida birja dilerlar ro‘yxatini qayta 
ko‘rib chiqadi va rasmiy ro‘yxatga yangi dilerlarni kiritish (kirit-
maslik) yoki amaldagilarni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi.
Quyidagi holatlarda birja investitsiya muassasasini rasmiy diler-
lar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin:
– investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatish litsenziyasi-
dan mahrum bo‘lish;


124
– market-meyker to‘g‘risidagi nizom, birjaning ichki hujjatlari 
qoidalarining buzilishi;
– davlat noziri diler tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida hisobot bergan 
hollarda;
– birja Malaka komissiyasining qaroriga ko‘ra.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling