O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
14.2. Birjada amalga oshiriladigan
bitim bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqqoslash Oldi-sotdi bitimi ikkinchi bosqichining vazifalari ishtirokchilar- ga tuzilgan bitimning mazmun-mohiyatini tushunishdagi barcha ta- sodifiy ixtiloflarni tartibga solish imkoniyatini berishdan iborat. Bu, ayniqsa, bitimlar og‘zaki yoki yozma xatlar almashuvi yo‘li bilan tuziladigan bozorlar uchun juda muhimdir. Aynan shu tizimlarda bitimdagi ayrim farqlarni turlicha tushunish va texnik xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimoli bor. Bitimning birinchi bosqichi tugallanishida tuzilgan hujjatlar bitimning ikkinchi bosqichida foydalanish uchun maxsus ma’lumotnoma hujjatlarini rasmiylashtirishga xizmat qiladi. Bitim tuzilganidan keyin tomonlar ushbu qo‘shimcha taqqoslash yozma hujjatlari bilan almashishlari kerak. Qator birja tizimlarida bunday hujjatlar bilan almashish bevosita tomonlar o‘rtasida amal- ga oshirilmasdan, balki taqqoslash uchun maxsus mo‘ljallangan tizim orqali tashkil etiladi. Bunday tizim vazifasini fond birjasining ma’lum bir tarkibiy tuzilmasi yoki birja bilan jips o‘zaro harakat qiluvchi hisob-kitob – kliring tashkiloti bajarishi mumkin. Mazkur bosqichda kontragentlar o‘zlarining (birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra rasmiylashtirilgan) ichki hisob hujjatlarini kontr- agentdan olingan hujjatlar bilan solishtiradi. Agar bunda tafovutlar 132 aniqlanmasa, taqqoslash ishlari amalga oshirilgan (tugallangan) hi- soblanadi. Xalqaro andozalar va me’yorlar birja va birjadan tashqari tizimlarning ishini taqqoslash «T+1» davridan kechiktirilmasdan tugallanadigan tarzda tashkil etilishini nazarda tutadi. Bu vaqt kontr agentlarga tomonlar ehtimoliy tafovutlarni aniqlay olishlari, ularni o‘z vaqtida tuzatishlari, bitimni bekor qilish yoki uning ijro etilishini sud, hakamlar sudi (manfaatdor bo‘lmagan uchinchi to- mon) yoxud shunday vazifani bajaruvchi organ tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar kechiktirish uchun beriladi. Agarda taqqoslash amalga oshirilmasa, tomonlar uning mohiyatini noto‘g‘ri tushungan holda bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bosqichiga o‘tgandan keyin kutilmagan to‘siqlarga duch kelishlari mumkin. Ayrim savdo tizimlari taqqoslashga maxsus ajratilgan tadbir sifatida qarashmay- di. Bunda bitim ko‘rsatkichlarini bevosita shartnoma tuzish vaqti- da belgilagan tomonlar taqqoslash bosqichini o‘tkazib yuborishga rozi deb hisoblanadi. Biroq bunday variantga faqat kontragentlar bitimni tuzayotib, bir-birlarini to‘liq tushunganligiga ishonch hosil qilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Bunday ishonch, odatda, ikki holatda mavjud bo‘lishi mumkin: a) umumiy yagona shartnomani imzolash bilan yozma shaklda bitim tuzish vaqtida; b) zamonaviy kompyuterli birja tizimlarida, u yerda bitimni terminaldan kiri- tish bir vaqtning o‘zida taqqoslash uchun rozilik deb hisoblanadi. Mazkur holatda voqealarning keyingi normal kechishi uchun yo to- monlardan birining qo‘pol xatosi, yoki kompyuterning ishlashidagi nosozlik xalaqit qilishi mumkin. Taqqoslash bosqichidan «sakrab o‘tuvchi» bunday bitimlar «qayd etilgan bitimlar» (ingl. locked- in) deb nomlanadi. Ikkinchi bosqichning yakuniy hujjatlari, yana shu qo‘llaniladigan texnikaga qarab taqqoslashning tugallangan- ligini tasdiqlovchi kontragentdan olinadigan yozma xatlar, teleks yoki faks bosmalari, maxsus taqqoslash tashkilotidan olinadigan kompyuter fayllari yoki yozma hujjatlar (taqqoslash varaqlari) bo‘lishi mumkin. Mazkur hujjatlar, odatda, bitim ishtirokchilariga beriladi. Ular bitimning keyingi bosqichlarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 133 Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling