O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Tayanch so‘zlar: aksiyadorlik jamiyatining 35 foizdan ortiq aksiyalari, birja 
a’zosining treyderi, birja makleriati, imtiyozli aksiyalar, xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar reyestri, Monopoliyaga qarshi davlat organi, birja a’zosi, bosh makler, 
birja boshqaruvi, Markaziy bank, ochiq aksiyadorlik jamiyati, bitimni rasmiy-
lashtirishdan bosh tortish holati, birja Arbitraj komissiyasi, komissiya yig‘im-
lari, sud qarori.
Nazorat savollari:
1. Aksiyadorlik jamiyatining 35 foizdan ortiq aksiyalari sotib olinishini kel-
tirib chiqaradigan holatlarni tavsiflang.
2. Xaridor tomonidan ustav jamg‘armasining 35 foizdan oshuvchi aksiyalar 
paketi ulushining shakllanishiga olib keladigan bitimni amalga oshirish-
ga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi to‘g‘risidagi hujjati 
taqdim etilmagan taqdirda birja a’zosi amalga oshiradigan harakatni 
tavsiflang.
3. Birja a’zolari bitimni rasmiylashtirishdan bosh tortganda birjaning 
harakatlarini tavsiflang.
4. Bitimlar bekor qilinganida komissiya yig‘imlarini va boshqa to‘lovlarni 
to‘lash tartibini izohlang.
5. Bitimlar haqiqiy emas deb topilganida komissiya yig‘imlarini va boshqa 
to‘lovlarni to‘lash tartibini izohlang.
153
XVI BOB
BIRJA FAOLIYATIDA SANKSIYALAR
QO‘LLASH
16.1. Birja ishtirokchilarining
axloq normalari
Birja a’zosi birjada dilerlik faoliyatini amalga oshirishda qim-
matli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlar majburiyat-
larini vijdonan bajarishi lozim.
Birja a’zosi – diler:
a) qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirishdan oldin 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va (yoki) sotishning o‘zgarmas 
boshlang‘ich narxlarini e’lon qilishi;
b) qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish taklifi bilan mu-
rojaat qilgan shaxslar bilan ular tomonidan qimmatli qog‘ozlarning 
oldindan e’lon qilingan oxirgi o‘zgarmas (qat’iy) narxlari va soniga 
muvofiq ravishda bitimlar tuzish va bunday bitimlarni tuzishdan 
bosh tortmasligi shart.
Diler narxdan tashqari qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnoma-
sining boshqa muhim shartlarini e’lon qilish huquqiga ega, xususan:
a) sotib olinadigan va/yoki sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning 
minimal va maksimal miqdori;
b) e’lon qilingan narxlarning amalda bo‘lish muddati.
Ushbu e’londa qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasining 
boshqa muhim shartlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, birja a’zosi – diler 
muqobil buyurtmada ko‘rsatilgan muhim shartlar asosida shartno-
ma tuzishga majbur.
Bnja a’zosi – diler qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnoma-
sini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan majburiy ra-
vishda shunday shartnomani tuzish to‘g‘risida va/yoki yetkazilgan 
zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo qilinishi mumkin.


154

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling