O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- BIRJA SHARTNOMALARINI BEKOR QILISH TARTIBI 15.1. Qimmatli qog‘ozlar bilan birja bitimlarini ro‘yxatga olishdagi alohida holatlar
Tayanch so‘zlar: bitim tadbiri, bitim bo‘yicha kontragentlar, bitimlar tuzish
reglamenti, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi shartnomasi, amalga oshirilayotgan bi- tim bo‘yicha ko‘rsatkichlar, kliring, pul to‘lovi va qimmatli qog‘ozlarning muqobil o‘tkazilishi, dividend, broker-diler, komissioner, topshiriq shartnomasi, bitimlarni tuzish sanasi, bitimlarni ijro etish sanasi, «depo» hisobraqamlari bo‘yicha «o‘tkaz- malarni» amalga oshirish, spot bitimi, forvard bitimi, fyuchers bitimi. Nazorat savollari: 1. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 2. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi shartnomasini tuzish tartibini tavsiflab bering. 3. Amalga oshirilayotgan bitim bo‘yicha ko‘rsatkichlar qanday shaklda taqqoslanadi? 4. Kliringni amalga oshirish tartibini tavsiflab bering. 5. Pul to‘lovi va qimmatli qog‘ozlarning muqobil o‘tkazilishi qay tarzda amalga oshiriladi? 144 XV BOB BIRJA SHARTNOMALARINI BEKOR QILISH TARTIBI 15.1. Qimmatli qog‘ozlar bilan birja bitimlarini ro‘yxatga olishdagi alohida holatlar Aksiyadorlik jamiyatining 35 foizdan ortiq aksiyalari sotib olinishini keltirib chiqaradigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar- ni ro‘yxatga olish uchun xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Makleriatiga qo‘shimcha ravishda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan oldindan berilgan va birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan rozilik nusxasini taqdim etadi; quyidagi hollar bundan mustasno: a) imtiyozli aksiyalarni sotib olish, agar ular xo‘jalik yurituvchi subyekt ustaviga ko‘ra ovoz berish huquqini bermasa; b) xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z aksiyalarini so- tib olish, agar qonunchilikda boshqacha tartib ko‘zda tulilmagan bo‘lsa; d) agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining balans qiymati summasi eng kam ish haqining to‘rt ming baravari miqdoridan oshmagan holda investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan oitiq aksiyalarini sotib olish, tovar bozorida yetakchi o‘rinni egallagan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyes- triga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bitim ishtirokchilaridan biri bo‘lgan holat yoki ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi sub yektning faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar xaridor bo‘lgan hol- lar bundan mustasno; e) qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar. 145 Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi bilan 35 foizdan ortiq aksiyalarga ega bo‘lgan xaridorning xo‘jalik yurituvchi sub- yektning aksiyalarini qo‘shimcha tarzda sotib olishi, sotib olish- ning alohida holati sifatida qaraladi va monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi bilan amalga oshiriladi. Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini taqdim etish talab qilinmaydigan holatlarda, xaridorning treyderi Makleriatga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz bitimni amalga oshirishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. Birja a’zosi – xaridor tomonidan ustav jamg‘armasining 35 foizdan oshuvchi aksiyalar paketi ulushining shakllanishiga olib keladigan bitimni amalga oshirishga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi to‘g‘risidagi hujjati taqdim etilmagan taqdirda: – bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh- qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risida yozma ma’lumot taqdim etadi; – birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav- lat organi va monopoliyaga qarshi davlat organini xabardor qiladi. Bank aksiyalarining 20 % dan ortig‘ini sotib olishni ko‘zda tutuv chi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatga olish uchun xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan birja a’zosining treyderi Makleriatga qo‘shimcha ravishda Markaziy bank tomonidan shunday xaridga berilgan hamda birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik hujjatining nus- xasini taqdim etadi. Markaziy bankning oldindan rozilik hujjati nusxasi taqdim etil- maganda: – bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh- qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz- ma ma’lumotni taqdim etadi; – birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav- 146 lat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining 15 va undan ortiq foiz aksi- yalarini sotib olishni ko‘zda tutuvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatga olish uchun, xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Makleriati- ga qo‘shimcha ravishda shunday xaridni amalga oshirish niyati to‘g‘risidagi birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan ol- dindan nashr qilingan e’lon nusxasini taqdim etadi. Birja a’zosi – xaridor tomonidan nashr qilingan e’lon nusxasi taqdim etilmaganda yoki nashr qilingan e’lon nusxasi qonunchilik- da belgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilganda: – bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh- qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz- ma ma’lumotni taqdim etadi; – birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav- lat organini xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi norezidenti yoki aksiyalarining (ishtirokchilar qo‘yilmalarining) 50 foizdan ortig‘i O‘zbekiston Respublikasi norezidcntlarining egaligida, foydalanishida va (yoki) tasarrufida bo‘lgan yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan bank aksiyalarini xarid qilishni ko‘zda tutuvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni ro‘yxatga olish uchun xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Mak- leriatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shunday xaridni amalga oshirishga bergan hamda birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxa- sini taqdim etadi. Bank aksiyalari xaridori mablag‘larining boshqaruvchisi (ishon- chli vakili) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan bank aksiyalarini so- tib olishni ko‘zda tutuvchi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar- 147 ni ro‘yxatga olish uchun, xaridorning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan birja a’zosining treyderi birja Makleriatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shunday xaridni amalga oshirish- ga bergan hamda birja a’zosi yoki xaridor tomonidan tasdiqlangan oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxasini taqdim etadi. Markaziy bankning oldindan rozilik ruxsatnomasining nusxasi taqdim etilmaganda: – bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh- qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz- ma ma’lumotni taqdim etadi; – birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav- lat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi. Agar bitim ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda bank aksiyalarining xaridori offshor hududda ro‘yxatga olingan yuridik shaxs ekanligi aniqlansa: – bosh makler bitimni ro‘yxatga olishni rad etadi va birja bosh- qaruviga birja savdosi qoidalarining buzilganligi to‘g‘risidagi yoz- ma ma’lumotni taqdim etadi; – birja boshqaruvi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli dav- lat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxs- ning xaridor sifatida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblan- gan bank aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarini ro‘yxatga olish vaqtida, bosh makler birja a’zosidan xaridorning ustav kapi- talida (jamg‘armasida) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari- ning egaligida, foydalanishida va (yoki) tasarrufida bo‘lgan ulushi bor yoki yo‘qligi haqidagi tasdiqlovchi ma’lumotlarni talab etishga haqli. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling