O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Pul hisob-kitoblarini tashkil etish


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Pul hisob-kitoblarini tashkil etish. U yoki bu mamlakatning 
umumiy to‘lov aylanmasiga pul hisob-kitoblari tizimi xizmat 
ko‘rsatadi. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha pul 
hisob-kitoblari fond bozori bilan bog‘liq to‘lov aylanmasining bir 
qismiga to‘g‘ri keladi. Pul hisob-kitoblari tizimi har bir mamlakat-
da universal bo‘lib, ular qanday to‘lov munosabatlariga xizmat
ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelishidan qat’i nazar yo‘lga qo‘yilgan. Shu-
ning uchun birjadan tashqari bozorda qimmatli qog‘ozlar bilan tu-
ziladigan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar, odatda, hisob-kitoblar-
ning umumiy tizimi orqali bajariladi. Shu bilan birga, birja bitimlari 
bo‘yicha hisob-kitoblar ayrim o‘ziga xos xususiyatlar bilan amalga 
oshiriladi.
Bunday usullarning eng ishonchlilaridan biri (xatarni nazorat 
qilish nuqtayi nazaridan) shuki, unda bozor ishtirokchilari hi-
sob-kitoblarning umumiy tizimi bilan muvoziy ravishda ishlovchi 
tizimni yaratadi. Xalqaro amaliyotdan «Eurosleag» (Bryussel) va 
«Sedel (Lyuksemburg) xalqaro depozitar-kliring markazlari bunga 
namunaviy misol bo‘ladi. Mazkur tashkilotlar banklarga va xalqa-
ro bozorda qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan professional tarzda 
shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlarga ko‘plab valyutalarda vakil-
lik hisobraqamlarini ochadilar. Bu tizimlar ishtirokchilari o‘rtasi-
dagi hisob-kitoblar ushbu depozitar-kliring markazlaridagi vakillik 
hisobraqamlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
1996-yilning mart oyidan buyon DQMO bitimlari bo‘yicha 
hisob-kitoblar uchun qo‘llanilayotgan O‘zbekistan Respublikasi 
valyuta birjasining hisob-kitob tizimi amaliy usullarga yana bir mi-
sol bo‘la oladi. RVB hisob-kitob tizimining ishtirokchilari bo‘l mish 
dilerlar obligatsiyalar uchun o‘zaro to‘lovlarni o‘zlarining ushbu 
tizimdagi vakillik hisobraqamlari bo‘yicha amalga oshiradilar.
Hisob-kitoblarning nisbatan yuqori tezligi bunday modelning 
ustunligi hisoblanadi. Hisob-kitob tashkiloti qisqa muddatlarda 
(kunma-kun) to‘lovchining hisobraqamidan to‘lovni oluvchining 
hisobraqamiga o‘tkazishi mumkin. Bunda banklararo o‘tkazmalar-
ni tashkil etish va boshqa hisob-kitob tizimlarini ham bunga jalb 
etishning hojati yo‘q, bu, odatda, hisob-kitob tadbirini uzaytira-


142
di va sekinlashtiradi. Mazkur modelning ijobiy sifatlaridan yana 
biri shuki, u xaridorlarning ular tomonidan sotib olingan qimmatli 
qog‘ozlarini so‘ndirish qobiliyatini nazorat qilish imkonini beradi. 
Savdolar ishtirokchisi obligatsiyalarni sotib olishga faqat obligat-
siya uning birjaning hisob-kitob tizimidagi vakillik hisobraqami-
da pul mablag‘lari bilan oldindan quvvatlangan hollarda buyurtma 
berishi mumkin bo‘lgan qoida amal qiladi. Biroq alohida hisob-ki-
tob tizimidagi hisobraqamda mablag‘larni oldindan muxosara (blo-
kada) qilish ularni ma’lum muddatga ishtirokchining oddiy to‘lov 
aylanmasidan chiqarib qo‘yishi tufayli xalqaro amaliyotda bunday 
imkoniyatdan deyarli foydalanilmaydi.
Modelning kamchiligi shuki, tizim ishtirokchilari, ko‘pincha, 
alohida depozitar-kliring markazlaridagi boshqa operatsiyalar 
uchun o‘zlarining hisobraqamlaridagi qoldiqlardan erkin foydala-
na olishmaydi. Bunda pul mablag‘larini umumiy to‘lov tizimidan 
operatsiyalar uchun alohida-alohida hisobraqamlarning bo‘lishi 
likvidlilikni boshqarishni qiyinlashtiradi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling