O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

14.3. Kliring
Kliring – bu taqqoslash tugaganidan so‘ng boshlanadigan va 
bitim ijrosi oldidan tugallanadigan tadbirlar majmuyidir. Kli-
ring bevosita pul mablag‘larining o‘tkazilishini yoki qimmatli 
qog‘ozlarning topshirilishini o‘z ichiga olmaydi. Kliring bosqichi 
ikki tadbirdan iborat:
1. Yakuniy taqqoslash hujjatlarini rasmiylashtirishning haqi-
qiyligi va to‘g‘riligini tahlil qilish tadbiri. Agar taqqoslash bosqichi 
kompyuter faylini shakllantirish bilan tugallansa, u holda kliring 
shifrlash kalitini tekshirish va qabul qilinadigan axborotning hi-
moyalanishidan boshlanadi.
2. O‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul summalarini va bitim yakuniga 
ko‘ra yetkazib berilishi kerak bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar miqdorini 
hisoblash tadbiri. Xarid qilingan qog‘oz uchun to‘lov summasidan 
tashqari, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarga solinadigan soliq 
(agar u mazkur mamlakatda joriy etilgan bo‘lsa), birja yig‘imlari, 
brokerlar uchun vosita haqlari va hokazolar to‘lanishi lozim.
Turli bitimlar bo‘yicha vujudga kelgan va bir vaqtning o‘zida 
bajarilishi kerak bo‘lgan qarshi talablarning o‘zaro hisobga olinishi 
ham qo‘llanishi mumkin.
Oldi-sotdi bitimini tuzayotib, ikkala kontragent ham ma’lum 
huquq va majburiyatlarni qo‘lga kiritadi. Xaridor, masalan, sotuv-
chiga nisbatan unga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar miqdorini 
yetkazib berishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi va, shu bilan 
birga, tegishli pul summasini to‘lash majburiyatini oladi. Sotuv-
chi esa qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berishga majbur bo‘ladi va 
unga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul summasini talab qilish huquqi-
ni qo‘lga kiritadi. Pirovardida sotuvchi va xaridor bir-biriga nis-
batan bir vaqt ning o‘zida ham kreditor, ham qarzdor bo‘ladi. Faqat 
bitimning yakuniy bosqichida ularning majburiyatlari bajariladi 
va talablari qondiriladi. Kliring bosqichida ularning o‘zaro talab 
va majburiyatlari belgilanadi hamda hisoblab chiqiladi. Hisoblab 
chiqish tadbiri – bu kliringning butun bosqichidagi eng muhim ja-
rayondir. To‘lanishi lozim bo‘lgan summalari va yetkazib berili-


134
shi kerak bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar miqdorini hisoblashning bir 
necha usullari mavjud. Hisoblashaing aniq usuli va tadbirini belgi-
lab beruvchi asosiy ornil bu qarshi talablar o‘zaro hisobga olinishi-
ni tashkil etishning tanlangan usulidir.
Ayrim savdo tizimlarida (odatda, birjadan tashqari bozorda) ta-
lablar hech qanaqa qarshi hisobga olinmaydi. Har bir bitim boshqa 
bitimlardan alohida u tuzilgan ko‘rsatkichlarga to‘liq mos kelgan 
holda bajariladi. Bunday vaziyatda kliring bosqichida sotuvchi 
uchun har bir aniq bitim bo‘yicha u yetkazib berishi lozim bo‘lgan 
qimmatli qog‘ozlar miqdori va unga to‘lanishi kerak bo‘lgan pul 
mablag‘lari summasi, turli yig‘im va soliqlar chiqarib tashlan-
gan holda hisoblab chiqiladi. Xaridor uchun har bir alohida bitim 
bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning miqdori va 
u kontragentga to‘lashi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasi, 
turli soliq va yig‘irnlar qo‘shilgan holda hisoblanadi. Bu hisoblab 
chiqishning ancha oddiy usulidir.
O‘zaro hisobga olish (qarz surishish) jarayoni kechayotgan 
davrda kliring ancha murakkablashadi. Qarshi talablarning o‘za-
ro hisobga olinishi deyarli har bir zamonaviy birjada birja a’zolari 
tomonidan tuziladigan bitimlar bo‘yicha to‘lovlar va qimmat-
li qog‘ozlar yetkazib berilishining miqdorini kamaytirish uchun 
qo‘llaniladi. Chunki qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bir kunlik aylan-
ma yuz minglab bitimlarni tashkil etadigan va bir savdo sessiyasida 
o‘n millionlab qimmatli qog‘ozlar sotiladigan va xarid qilinadigan 
yirik fond birjalarida bunday bitimlarni «birga bir» amalga oshirish 
samara bermaydi. Birja savdolarining yakuniga ko‘ra to‘lov ope-
ratsiyalari miqdorini kamaytirish va ularni amalga oshirish algorit-
mini osonlashtirish uchun bunday vaziyatlarda o‘zaro hisobga olish 
jarayoni qo‘llaniladi. U kliring tadbirining birmuncha murakkab-
lashuviga qaramay, bitimlar ishtirokchilarining har bir aniq bitim 
bo‘yicha to‘lovlar va yetkazib berishlarni alohida amalga oshi-
rish uchun qo‘shimcha hamda boshqa xarajatlari bilan potensial 
chiqimlariga qaraganda markazlashtirilgan kliring tizimini tashkil 
etish xarajatlarini ancha kamaytiradi. O‘zaro hisobga olish ikki to-
monlama va ko‘p tomonlama bo‘lishi mumkin.
135

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling