O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birjada nizolarni hal etish tartibi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.3. Sanksiyalarni qo‘llash tartiblari va mexanizmlari
16.2. Birjada nizolarni hal etish tartibi.
Birja Arbitraj komissiyasi Birja a’zolari o‘rtasida, birja a’zolari va ularning mijozlari o‘rta- sida mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan masalalar bo‘yicha yuzaga keladigan nizolarni hal etish uchun birja tomonidan birja Arbitraj komissiyasi tuziladi. Birja Arbitraj komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining «Bir- jalar va birja faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, boshqa qonunchilik hujjatlari, birja ustavi, mazkur Qoidalar va «Toshkent» RFB Arbit- raj komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom asosida harakat qiladi. Birja Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarning ko‘rib chiqili- shi bepul asosida amalga oshiriladi. Birja Arbitraj komissiyasi nizo taraflari tomonidan taqdim etil- gan hujjatlar asosida ishning barcha holatlarini o‘rganadi, nizoli vaziyatni hal etish choralarini ko‘radi. Birja Arbitraj komissiyasi tomonidan birja a’zolarining faoliya- tidagi buzilishlar to‘g‘risidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda birja Arbitraj komissiyasi aybdor tarafni va mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan sanksiya turini belgilaydi. Birjaning boshqa shaxslar bilan nizolari qonunchilikda belgilan- gan tartibda hal etiladi. 16.3. Sanksiyalarni qo‘llash tartiblari va mexanizmlari Birja a’zosi: – o‘z kasb faoliyati doirasida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomalari va tegishli xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha, mijoz- lar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini vij- donan bajarishi; – mijozlarga shartnomalarni tuzish va ularni bajarish bilan bog‘- liq barcha zarur axborotni yetkazishi; 155 – manfaatlar to‘qnash kelganida, shu jumladan, broker tomoni- dan dilerlik faoliyati birga olib borilganligi bilan bog‘liq manfaat- lar, darhol mijozni manfaatlarning shunday to‘qnashuvi yuzaga kelgani to‘g‘risida xabardor qilishi hamda uni mijoz foydasiga hal etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi; – brokerlik va dilerlik faoliyati birgalikda olib borilganida, mi- joz larning topshirig‘i bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bitim- larini o‘z bitimlariga nisbatan birinchi navbatda amalga oshirishi; – oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha topshiriq va majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq tavakkalchiliklar haqida mijozni xabardor qilishi; – muhim maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishdan yoki uni uchinchi shaxslarga berishdan, narxlarni manipulatsiya qilishdan, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotishga majbur etishdan, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar va ularning qiymati to‘g‘risida atay- lab noto‘g‘ri axborotni taqdim etish orqali sotib olish yoki sotishga majbur etishdan o‘zini tiyishi; – mazkur Qoidalar talablariga rioya qilishi; – qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuri- tishi, shuningdek, huquqiy-me’yoriy hujjatlarga, o‘z tartiblari va qoi- dalariga muvofiq ichki nazoratni tashkil etishi va amalga oshirishi: – mijozlarni qonunchilikda ko‘zda tutilgan axborotni olishi huquqlari to‘g‘risida xabardor qilishi; – o‘z mablag‘lari miqdorining o‘z mablag‘lari yetarlilik norma- tivlariga to‘g‘ri kelishini ta’minlashi; – qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa talablarga rioya qilishi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatini amalga oshi rishda birja a’zosiga quyidagilar taqiqlanadi: a) tegishli litsenziyasiz qimmatli qog‘ozlar bilan biror-bir bitim- ni amalga oshirish; b) mijozlar bilan ularning qonunchilikda ko‘zda tutilgan huquq- larini cheklovchi shartnomalar tuzish; d) taqiqlangan bitimlar yoki qonunchilik talablarining buzilishi- ga olib keladigan bitimlarda ishtirok etish; 156 e) qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ular to‘liq to‘langunga qadar amalga oshirish; f) investitsiya vositachisi tomonidan saqlanadigan pul mab- lag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlarni investitsiyalashdan olinadigan daromadlar bo‘yicha mijozga kafolat yoki va’da berish; g) agar qimmatli qog‘ozlar emissiyasi to‘xtatilgan bo‘lsa, ush- bu qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish; h) qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni, qimmatli qog‘ozlar bozorida tegishli professional faoliyatni amalga oshirishga litsenzi- yasi bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining pro- fessional xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish (qim- matli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat banklari va sug‘urtachilarning professional xizmatlaridan foydalanish holatlari bundan mustasno); i) mijozlarning qimmatli qog‘ozlari va investitsiya vositachi- sining bank hisobraqamlarida turgan pul mablag‘laridan mijozning topshirig‘isiz foydalanish, shartnomada maxsus kelishilgan holat- lar bundan mustasno; j) qimmatli qog‘ozlar bozorida manipulatsiya qilish; k) qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa harakatlarni amalga oshi rish. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling