O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
16.4. Ma’muriy va moliyaviy
sanksiyalar Birja, mazkur Qoidalar buzilgan taqdirda, birja a’zolariga nis- batan quyidagi sanksiyalarni qo‘llashga haqli: – savdolardan vaqtinchalik chetlatish; – jarima sanksiyalarini undirish; – Birja Malaka komissiyasiga qayta attestatsiyaga yuborish; – Birja a’zolari safidan chiqarish. Birja a’zolariga sanksiyalar birja boshqaruvining tegishli qaror- lari asosida qo‘llaniladi. 157 Birja a’zosi, savdolarni olib boruvchi Bosh makler yoki mak- lerning o‘z vazifalarini bajarishiga yoki boshqa birja a’zolari to- monidan savdo operatsiyalarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni yaratgani uchun birja boshqaruvining qarori qabul qilin- gunga qadar savdolarda qatnashishdan vaqtincha chetlashtiriladi. Savdo tizimiga kirishda begona paroldan foydalangani uchun treyder va birja a’zosi birja boshqaruvining qarori qabul qilingunga qadar savdolarda qatnashishdan vaqtincha chetlashtiriladi. Birja a’zosi bitimni rasmiylashtirish va (yoki) ro‘yxatga olish- dan bosh tortgani (rad etgani) uchun birja a’zosi bitim summa- sining 1 % miqdorida, ammo bitimni amalga oshirish sanasida qonunchilikda belgilangan eng kam ish haqining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarimaga tortiladi. Aybdor birja a’zosi jarimani birja boshqaruvi qaror qabul qilgan kundan boshlab besh bank kuni ichida to‘lashi shart. Birja a’zosining ikkala treyderi (birja bitimi bo‘yicha tomonlar) ham bitimni rasmiylashtirish va (yoki) ro‘yxatga olishdan bosh tortgan yoki rad etgan holatda, birja a’zolarining har biri bitim sum- masining 1 % i miqdorida, ammo bitimni amalga oshirish sanasida qonunchilikda belgilangan eng kam ish haqining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarimaga tortiladi. Aybdor birja a’zolari jarimani birja boshqaruvi qaror qabul qilgan kundan boshlab besh bank kuni ichida to‘lashi shart. Yil davomida bitimni rasmiylashtirish va (yoki) ro‘yxatga olish- dan takroriy ravishda bosh tortish mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga hamda birja a’zosining birja boshqaruvi tomonidan belgilangan olti oygacha bo‘lgan muddatga savdolardan chetlashtirilishiga olib keladi. Bitimning sud qarori bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishida aybdor bo‘lgan birja a’zosi birja savdolarida ishtirok etishdan olti oygacha bo‘lgan muddatga vaqtinchalik chetlashtirilishi mumkin, mazkur Qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan uning treyderi esa birja Malaka komissiyasiga qayta attestatsiyaga yuboriladi. Qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish muddatlari buzilgani uchun sotuvchi xaridorga har bir kechiktirilgan kun uchun bitim 158 summasining 0,5 % i, ammo bitim summasining 50% idan oshma- gan miqdorida penya to‘laydi. Penyani to‘lash sotuvchini qimmatli qog‘ozlarni berish majburiyatidan ozod etmaydi. Xaridor (sotuvchi) tomonidan oldi-sotdi shartnomasi shartla- rining buzilishi oldi-sotdi shartnomasining bekor qilinishiga yoki haqiqiy emas deb topilishiga olib kelgan taqdirda aybdor tomon boshqa tomonga, agar oldi-sotdi shartnomasi yoki sud tomoni- dan boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, bitim summasining 12 % i miqdorida jarima to‘lashi shart. Birja a’zosi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha komissiya yig‘imini to‘lashning belgilangan muddati buzilganida kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,1 % i, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 % idan oshmagan miqdorida penya hisoblanadi. Birja boshqaruvi birja a’zosida komissiya yig‘imlari, penya, jarimalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik hosil bo‘lgan taqdirda birja a’zosini savdolardan chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Agar birja a’zosi savdolardan chetlatilganidan keyin 60 kun ichida hosil bo‘lgan qarzdorlikni uzmagan bo‘lsa, birja boshqaruvi uni birja a’zolari tarkibidan chiqarish huquqiga ega. Birja a’zosi birja a’zolari tarkibidan chiqarilganida unga tegishli brokerlik o‘rni bekor qilinadi, brokerlik o‘rni uchun berilgan ser- tifikat o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. Bu haqida birjaning rasmiy saytida xabar qilinadi. Brokerlik o‘rnining bekor qilinishi, sobiq birja a’zosiga broker- lik o‘rnining bahosi kompensatsiya qilinmasdan, belgilangan tar- tibda amalga oshiriladi. Repo bitimi ikkinchi bosqichining taraflaridan biri tomonidan repo-kelishuvida belgilangan muddatda bajarilmagani repo-keli- shuvi bilan o‘rnatilgan shartnoma majburiyatlarining buzilishi hi- soblanadi va boshqa taraf tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda e’tiroz bildirilishi mumkin. Market-meyker o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortganligi uchun, birja boshqaruvining qarori bo‘yicha birja Kotirovka komis- 159 siyasi tavsiyasi asosida market-meykerlik maqomidan mahrum eti- lishi hamda birja Market-meykerlar ro‘yxatidan chiqarilishi mum- kin. Birja a’zosi narxlar bilan manipulatsiya qilish holatini sodir et- ganligi sud tomonidan aniqlanganda va (yoki) birjada beqarorlikni keltirib chiqargan holatlarni yaratganligi uchun qonunchilikka mu- vofiq javobgarlikka tortiladi va birja boshqaruvi tomonidan belgila- nadigan olti oygacha bo‘lgan muddatga savdolardan chetlashtirila- di yoki birja a’zolari tarkibidan chiqariladi. Mazkur Qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan birjaning mansabdor shaxslari va xodimlari, shuningdek, ularning aybli harakatlari yoki harakatsizliklari bitimlarni tuzish va rasmiylashtirish imkoniyati- ning yo‘qqa chiqarilishiga yoki ularning lozim bo‘lmagan darajada tuzilishi va rasmiylashtirilishiga olib kelgan bo‘lsa, intizomiy va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida, birjadagi mehnat tartibi qoidalarida, birja va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa javobgarlikka tortiladilar. Birja, mazkur Qoidalar talablarining buzilish holati aniqlangani- dan keyin, ikki ish kuni ichida bu haqida tasdiqlovchi hujjatlar- ni ilova qilgan holda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor qiladi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling