O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 Birja savdosi qatnashchilari va ularga qo‘yiladigan talablar


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

4. Birja savdosi qatnashchilari va ularga qo‘yiladigan talablar.
Birja savdosi qatnashchilari belgilangan tartibda Birjadan bro-
kerlik o‘rinlari sotib olgan birja a’zolari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan 
beriladigan birja savdosi professional qatnashchisi attestatiga ega 
bo‘lmagan birja a’zolari birja savdolariga qo‘yilmagan holda bro-
kerlik o‘rniga ega bo‘lishi huquqiga ega.
Davlat hukumati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor 
shaxslari, shuningdek, Birja xodimlari Birja a’zolari bo‘lishi mum-
kin.
Qoidaga ko‘ra, pullik asosda taqdim etiladigan brokerlik o‘rni 
qonunchilikka muvofiq birja faoliyati va birja bitimlarida ishtirok 
etish huquqini beradi.
Brokerlik o‘rni:
– oldi-sotdi obyekti bo‘la olmaydi;
– boshqa shaxsga ijaraga berilmaydi.
Birja a’zosi bo‘lgan auksionchilar brokerlik o‘rinlarini birja 
sav dosi professional qatnashchisi attestatiga ega bo‘lgan bitta yu-
ridik yoki jismoniy shaxsga ijaraga berishi (belgilangan muddatga 
bo‘shatib berishi) mumkin. Shartnoma Birjada ro‘yxatga olinishi 
shart. Brokerlik o‘rnini subijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Brokerlik o‘rnining egasi faqat bitta shaxs bo‘lishi mumkin. Bit-
ta shaxs 1 tadan ortiq brokerlik o‘rnining egasi bo‘la olmaydi.
Birja brokerlik o‘rinlarini O‘zbekiston Respublikasi rezidenti 
hisoblangan va rezidenti bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga 
sotadi. Brokerlik o‘rnining bahosi Birja Boshqarmasi tomonidan 
belgilanadi.
Brokerlik o‘rinlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasi qaroriga muvofiq, Davlat mulk qo‘mitasi bilan kelishil-
gan holda, Birja tomonidan yoki uning ishtirokida o‘tkaziladigan 
ko‘riklar va boshqa tadbirlar g‘oliblari va qatnashchilariga rag‘bat-
lantiruvchi mukofotlar tarzida bepul taqdim etilishi mumkin.
Birja auksionchisiga brokerlik o‘rni uni qayta sotish huquqisiz 
berilishi mumkin.


170
Birjada brokerlik o‘rnini xarid qilish bitta brokerlik idorasi 
ochis h huquqini beradi.
Brokerlik idorasi o‘z brokerlik o‘rni orqali Birja HKPda hisob-
raqami va mab1ag‘lariga ega bo‘lgan cheklanmagan sonli mijozlar-
ga savdoda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlashi mumkin. Broker 
yodamchilarga (treyderlar) ega bo‘lishi mumkin.
Savdo jarayoniga elektron birja savdolari Markazi, Makleriat, 
hisob-kitob – kliring palatasi va Birja axborot-tahliliy bo‘limi mu-
taxassislari xizmat ko‘rsatadi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling