O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 Birja bitimlari. Birjada amalga oshiriladigan birja bitimi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

7. Birja bitimlari. Birjada amalga oshiriladigan birja bitimi 
turlari.


172
Birjada qayd qilingan birja savdosi natijasi bo‘yicha tuzilgan 
birja tovari oldi-sotdi shartnomasi birja bitimi hisoblanadi.
Birja savdosi davomida birja bitimlari tuzishga faqat brokerlar 
haqli.
Birjada tuzilgan bitimlar qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarni 
istisno qilganda notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Birjada quyidagi birja bitimlari turlarini amalga oshirishga rux-
sat etiladi:
– spot bitimlar – real tovarni yoki tovarga egalik qilish huquqini 
darhol etkazib berish sharti bilan tuziladigan bitimlar;
– forvard bitimlari – real tovar bilan uni etkazib berish muddati 
kechiktirilgan holda oldi-sotdi bitimlari;
– fyuchers bitimlari – ularni kelajakda ijro etish majburiyati bi-
lan tovarlarga standart shartnomalar oldi-sotdi bitimlari;
– opsion bitimlari – tovarlar yoki tovar etkazib berish bo‘yicha 
shartnomalarni oldindan belgilab qo‘yilgan narxda kelajakda oldi- 
sotdi bitimlari.
Barcha birja bitimlari turlari quyidagilarga taqsimlanadi:
– respublikada ichki bitimlar – O‘zbekiston Respublikasi hudu-
dida tovarlar oldi-sotdi bitimlari;
– eksport bitimlar – tovarlarni eksportga sotish ko‘zda tutiladi-
gan bitimlar;
– import bitimlar – tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi-
ga kiritish ko‘zda tutiladigan bitimlar.
Birja bitimi u birja savdolari umumiy elektron tizimida qayd 
etilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
8. Bitim tuzish, eksport va import birja shartnomalarini 
ro‘y xatga olish va ijro etish.
Tovarlarni eksportga yetkazib berishda shartnoma O‘zbekis-
ton Respublikasi xo‘jalik subyekti bo‘lgan sotuvchi va norezident 
bo‘lgan xaridor o‘rtasida tuzilib, tovarlarni O‘zbekiston Respub-
likasi hududidan tashqariga yetkazib berish ko‘zda tutiladi. Eksport 
shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi «so‘m»da 
ham, xorijiy valyutalarda ham tuzilishi mumkin.
173
Eksport shartnomasida quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim: soti-
layotgan tovar nomi, sotilayotgan tovar narxi va hajmi, sotuvchi 
va xaridor haqidagi ma’lumotlar, tovarni yetkazib berish shartlari
to‘lov shakli va muddati, tovarning kelib tushish shartlari va to-
monlarning javobgarlik chegaralari, qonunchilikka muvofiq bosh-
qa shartlar.
Import shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik subyek-
ti bo‘lgan xaridor va norezident bo‘lgan sotuvchi o‘rtasida tuzilib, 
tovarlarni chetdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 
ko‘zda tutiladi.
Birja import shartnomasini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respub-
likasi milliy valyutasi «so‘m»da amalga oshiriladi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling