O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 Tovarlarni Birja savdosiga qo‘yish tartibi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

5. Tovarlarni Birja savdosiga qo‘yish tartibi.
Birja savdolarida faqat ular haqida axborot birja byulletenida 
chop etilgan tovarlarni sotish amalga oshiriladi.
Birja byulleteniga ulanish uni Birja axborot stendida va birja 
sav dolari umumiy elektron tizimida joylashtirish yo‘li bilan amal-
ga oshiriladi.
Birja byulleteniga kiritilmagan tovarlarni birja savdosida sotish-
ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Birja byulleteniga standart bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan, 
ulgurji partiyada sotiladigan va oldindan ko‘rib chiqishni talab qil-
maydigan birja tovarlari kiritiladi.
Tovarlarni birja byulleteniga (listing) kiritgan holda Birja sav-
dosiga qo‘yish jarayonini Birjaning Listing komissiyasi belgilan-
gan tartibda amalga oshiradi.
Komissiya faoliyati Birjaning Listing komissiyasi haqidagi qoi-
dalar bilan tartibga solinadi.
Tovarlar ekspertiza amalga oshirilgan va Komissiya ularni sav-
doga qo‘yish va birja byulleteniga kitirish haqida qaror qabul qil-
gandan so‘ng listingdan o‘tgan deb tan olinadi.
Monopoliyachi korxonalar birja savdolarida o‘z ishlab chiqar-
gan mahsulotlarini maxsus belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Tovarni sotuvga qo‘yish haqidagi buyurtmalar belgilangan 
shaklda qabul qilinadi.
Buyurtma shakli Birja Boshqarmasi tomonidan tasdiqlana-
di. Birja brokerlarni buyurtma shaklidagi va uni to‘ldirish tartibi 
haqidagi barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida bu o‘zgarishlar kiritilgan 
171
kundan boshlab 10 kun muddat ichida elektron pochta orqali xa-
bardor qiladi.
6. Birja savdolarini o‘tkazish, birja bitimlarini amalga oshi-
rish va ularni ro‘yxatga olish tartibi.
Birjada savdolar bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi 
butun hududida onlayn rejimida elektron savdo shaklida o‘tkazi-
ladi.
Sotuv uchun buyurtmalar brokerlar tomonidan elektron tizimga 
savdo sessiyasi boshlanishidan avval kiritilishi lozim.
Tovarni sotishga buyurtmalar Birja Boshqarmasi belgilay-
digan ochiq pozitsiya muddati tugashi bilan brokerning roziligisiz 
avtomatik ravishda birja savdolari elektron tizimidan chiqarib tash-
lanadi.
Xarid uchun buyurtmalar savdo boshlanishidan oldin ham, birja 
savdosi bo‘lib o‘tayotgan vaqt istalgan paytda ham kiritilishi mum-
kin.
Brokerlar tovarlar oldi-sotdisi bitimini ularga javob tariqasidagi 
buyurtmalar berish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Bitimning amalga oshirilishidan oldin sotuvchi va xaridorning 
narxi to‘liq mos kelmagunga qadar ularni qadamma-qadam yaqin-
lashtirish ro‘y beradi.
Savdolar qadami Birja tomonidan savdoda muomalaga qabul 
qilingan har bir birja shartnoma turi bo‘yicha belgilanadi va broker-
larga navbatdagi savdo sessiyasi boshlanishidan kamida bir sutka 
avval ma’lum qilinadi.
Brokerning savdo qadamlariga rioya qilmasligi mazkur qoi-
dalarning buzilishi hisoblanadi.
Broker tomonidan tuzilgan va birja makleri savdo sessiyasi 
bayonnomasida qayd etgan bitim tuzilgan birja bitimi hisoblanadi. 
Sav do sessiyasi yakunlangach, makleriat brokerlarga savdo sessi-
yasi bayonnomasining shu brokerlar tuzgan barcha bitimlar kiritil-
gan qismini beradi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling