O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


 Narxni shakllantirish va Birjada narx shakllanishi jara-


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

9. Narxni shakllantirish va Birjada narx shakllanishi jara-
voni ustidan nazorat tartibi.
Birja savdolarida sotiladigan tovarlar narxi xaridor va sotuv-
chining javob tariqasidagi buyurtmalarini qadamma-qadam yaqin-
lashtirish yo‘li bilan talab va taklif muvozanatini o‘rnatish asosida 
belgilanadi.
Birja savdosi yakunlari bo‘yicha qayd qilingan bitimlar narxi 
bundan oldingi savdo sessiyasi kotirovka narxidan Birja Boshqar-
masi o‘rnatgan miqdordan ortiq farq qilmasligi lozim.
Birja savdolarida sotilayotgan tovarlar narxining keskin o‘zga-
rishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Birja tovar sotilgan bundan oldingi 
birja sessiyasi natijalari bo‘yicha qayd qilingan narxdan farq qiluv-
chi yuqori chegaralar belgilanishi mumkin.
10. Birja tovarlari narxini kotirovkalash tartibi.
Narx kotirovkasi faqat standart birja tovarlari bo‘yicha amalga 
oshiriladi.
Narx kotirovkasi Birjaning Kotirovka komissiyasi tomonidan 
amalga oshiriladi, uning tarkibi va u haqidagi qoidalar Birja Bosh-
qarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Birja tovarlariga narx kotirovkasini belgilashda joriy oydagi 
sav dolar tarixi hisobga olinishi mumkin.
Birja kotirovkalari har hafta majburiy tartibda birja byulletenida 
va belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib 
boriladi.


174
11. Birja a’zolariga axborot xizmatlari ko‘rsatish tartibi.
Savdo bozorlan va bozor konyunkturasi haqidagi axborot birja 
qatnashchilariga Birja saytida har hafta joylashtirish yo‘li bilan yet-
kaziladi.
Kotirovka natijalari birja savdosi qatnashchilariga Kotirovka 
komissiyasining byulleteni orqali yetkaziladi.
12. Birja a’zolari va xizmatchilarining birja savdosi qoidala-
rini buzganlik uchun javobgarligi.
Birja a’zolari va uning xodimlari birja savdosi qoidalarini buz-
ganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun quyidagi javobgarlik 
turlari ko‘zda tutilgan:
– Birja va/yoki zarar ko‘rgan qatnashchi foydasiga undiriladigan 
jarima;
– birja savdosi qatnashchilaridan birortasini belgilangan mud-
datga Birjada akkreditatsiyani to‘xtatish yoki huquqlardan muhrum 
qilish.
Birja savdolari elektron tizimiga buyurtmani xatolar, shuning-
dek, belgilangan spreddan yuqori narx bilan kiritganlik uchun ayb-
dor qatnashchiga:
a) bir oy davomida birinchi marta qilingan xato uchun – bitta 
eng kam ish haqi miqdorida jarima solinadi;
b) bir oy davomida ikkinchi marta qilingan xato uchun – uchta 
eng kam ish haqi miqdorida jarima solinadi;
d) bir oy davomida uchinchi marta qilingan xato uchun – beshta 
eng kam ish haqi miqdorida jarima solinadi.
Xaridorning sotuvchiga (birja savdosiga tovar yetkazib beruv-
chi ta’minotchiga) belgilangan muddatda birja bitimi (shartnoma-
si) bayonnomasini taqdim etmaganligi uchun sotuvchi foydasiga 
bitimning 5 % i miqdorida jarima undiriladi.
Birjaga yoki birja savdosi qatnashchilariga zarar yetkazgan max-
fiy birja axborotini tarqatganlik uchun aybdor tomonlar yetkazilgan 
zararni qoplaydi yoki 6 oy muddatga birja savdolarida ishtirok etish 
huquqidan mahrum etiladi.
175

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling