Tayanch so‘zlar: birja, listing, AQSH birja tizimi, Nyu-York fond birjasi,
Amerika fond birjasi, NYSE, birja a’zosi, institusional investorlar, AMEX, Buyuk
Britaniya fond birjasi, Lond fond birjasi, uch toifa, market-meyker, dilerlararo
brokerlar, pul brokerlari, Parij fond birjasi, Shveytsariya fond birjalari, xalqaro
yo‘nalganlik, Germaniya fond birjalari, 7 ta fond birjasi, Tokio fond birjasi, ikki
seksiya, xorijiy kompaniyalar, brokerlik uylari, Moskva Tovar birjasi.
Nazorat savollari:
1. Jahon iqtisodiyoti rivojida birjalarning tutgan o‘rni qanday?
2. Dunyodagi qanday yirik fond birjalarini bilasiz?
3. Fond birjasida sotish sohasining rivojlanish darajasi nimalarga bog‘liq?
4. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda fond birjalari qan-
day rol o‘ynaydi?
197
FANGA OID ATAMALARNING
QISQACHA IZOHLI LUG‘ATI
aksiya – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir
qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini bosh-
qarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan
mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qi-
lish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy
qimmatli qog‘oz;
«aksept» moduli – repo bitimini tuzishda bitim shartlarini ol-
dindan kelishib olishni va kontragent tanlashni ko‘zda tutuvchi bir-
ja Savdo tizimining uzluksiz ikki tomonlama auksion texnologiyasi
tartibi;
auksion qadam – savdoga qo‘yish narxi (boshlang‘ich narx)
ning koeffitsiyentlar yoki foizlarda ifodalangan va Birja tomonidan
belgilangan narxning standart o‘zgarib borish o‘lchami;
axborotni oshkor qilish – qimmatli qog‘ozlar bozorida man-
faatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qat’i nazar, ax-
borotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda
foydalanishini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |