O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

deponentli buyurtma – pul mablag‘larini, mazkur Qoidalarda 
belgilangan miqdorda HKPga oldindan depozitga qo‘ygan holda, 
birja Savdo tizimiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish 
uchun buyurtma;
diler – qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxini 
oshkora e’lon qilish yo‘li bilan shu qimmatli qog‘ozlarni o‘zi e’lon 


200
qilgan narxlarda sotib olish va (yoki) sotish majburiyatini olgan 
holda, o‘z nomidan va o‘z hisobidan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
oldi-sotdi bitimini amalga oshiruvchi birja a’zosi;
davlat qimmatli qog‘ozlari – O‘zbekiston Respublikasining 
g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ob-
ligatsiyalari;
depo hisobvarag‘i – deponentning qimmatli qog‘ozlarini 
saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish 
uchun mo‘ljallangan depozitariyning hisobga olish registrlaridagi 
yozuvlar yig‘indisi;
depo hisobvarag‘idan ko‘chirma – deponentning qimmatli 
qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy to-
monidan beriladigan hujjat;
depozitar operatsiyalar – hisobga olish registrlarida depozi-
tariylar tomonidan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq 
bajariladigan operatsiyalar;
depozit sertifikati – bankka qo‘yilgan omonat summasini va 
omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini ham-
da sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan 
yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaga­
nidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli 
qog‘oz;
depozitariyning hisobga olish registrlari – depozitariyda 
qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan 
huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitar operatsiyalar standart-
lari bilan belgilangan yozuvlar tizimi;

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling