O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

axborot buyurtmasi – repo tashabbuskorining sotuv buyurt-
masidan farq qiluvchi shartlardagi repo tashabbuskorining sotuv 
buyurtmasiga javoban repo akseptanti tomonidan repo bitimining 
birinchi bosqichida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga 
buyurtma;
adresli buyurtma – repo bitimining birinchi bosqichida – repo 
tashabbuskori ko‘rsatilgan holda repo akseptanti tomonidan kor-
porativ qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun Savdo tizimiga 
kiritilgan buyurtma; repo bitimining ikkinchi bosqichida – repo 
bitimi ning birinchi bosqichida tuzilgan repo kelishuvi shartlariga 


198
muvofiq repo akseptanti yoki repo tashabbuskori tomonidan korpo-
rativ qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olish uchun birja Savdo 
tizimiga kiritilgan muqobil buyurtma;
aktiv buyurtma – buyurtmalar ro‘yxatiga kiritilgan buyurt-
ma bo‘lib, ushbu buyurtma bo‘yicha sotib olish yoki sotish uchun 
muqobil buyurtmalar qabul qilinishi mumkin:
aksept – birja a’zosining oferta shartlari bo‘yicha bitim tuzishga 
bergan roziligi;
arbitraj komissiyasi – birja a’zolari, birja a’zolari va ularning 
mijozlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi bir-
ja komissiyasi:
auksion – birjada qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish-
ning raqobat, oshkoralik va ommaviylik tamoyillariga asoslangan 
shakli;
adressiz buyurtma – repo bitimining birinchi bosqichida repo 
akseptanti ko‘rsatilmagan holda repo tashabbuskori tomonidan 
korporativ qimmatli qog‘ozlarni sotish uchun Savdo tizimiga kiri-
tilgan buyurtma;
birja bitimi – birja tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmat-
li qog‘ozlarga doir birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi 
bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi;
birja a’zosining mijozi (mijoz) – birja a’zosiga qimmatli 
qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish to‘g‘risida topshiriq be-
ruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
bosh makler – savdolar o‘tkazilishini, birja bitimlari ro‘yxatga 
olinishini amalga oshiruvchi hamda birjada qimmatli qog‘ozlar bi-
lan savdolar o‘tkazilishini nazorat qiluvchi va buning uchun mas’ul 
bo‘lgan makler;

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling