188
va Nantda joylashgan. Fransuz birja tizimini ajratib turadigan ji-
hatlardan biri doimo birjalar ustidan davlatning kuchli nazorati hi-
soblanib kelgan. Hozirgi paytda fond birjasi iqtisodiyot va moliya
vazirligiga bo‘ysunadi, biroq oxirgi yillarda hukumat tomonidan
fonda bozorini «qavta tartibga solish» tomon ma’lum bir
qadamlar
qo‘yildi.
Shveytsariya birja tizimi. Shveytsariyada jami 7 ta fond birjasi
faoliyat ko‘rsatadi, ularning orasida Syurix, Jeneva va Bazel bir-
jalari ajralib turadi. Syurix birjasining zimmasiga yillik savdo haj-
mining taxminan 70 % i to‘g‘ri keladi. Birja tizimiga xos bo‘lgan
xususiyat sifatida Shveytsariyaning
fond bozorida mamlakatning
yirik banklari monopol hukmronligini ko‘rsatish mumkin. Birja
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish unchalik sezilarli emas,
banklarning «o‘zini o‘zi tartibga solishi» ko‘proq ahamiyatga ega.
Shveytsariya fond bozoriga xos bo‘lgan yana bir xususiyat
unin g xalqaro yo‘nalganligi hisoblanadi.
Shveytsariyaning xalqaro
moliyaviy markaz sifatidagi ulkan ahamiyati mamlakatning moliya
bozorida ham aks etmasligi mumkin emas, bu yerda aksiyalarning
taxminan yarmi va obligatsiyalarning 1/3 qismi xorijiy aksiya va
obligatsiyalar tashkil qiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining bun-
day jahon kapitali ehtiyojlariga moslashganligi mamlakat iqtisodi-
yotida ham, yirik korporatsiyalar faoliyatida ham ijobiy aks etadi.
«NESTLE», «UBS» kabi kompaniyalarning aksiyalariga dunyon-
ing yirik fond birjalarida talab katta.
Germaniya birja tizimi. Shveytsariyada bo‘lgani kabi, Ger-
maniya uchun ham mamlakat fond birjasiga
monopol banklarning
kuchli ta’siri xarakterli. Eng yirik banklar fond bozorini amaida
to‘liq monopollashtirgan, ular qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joy-
lashtirish bilan faol shug‘ullanadi, ikkilamchi bozorda
faol qatna-
shadi va o‘zlari qimmatli qog‘ozlar yirik paketlariga egalik qiladi.
Jami Germaniyada 7 ta yirik fond birjalari mavjud bo‘lib, Gan-
nover, Myunxen, Shtutgart, Berlin, Dyusseldorf, Bremen va Frank-
furt-am-Mayn shaharlarida joylashgan. Ularning
orasida yetakchi
hisoblangan Frankfurt birjasi Yevropaning ham eng yirik birjala-
ridan sanaladi.
189
Do'stlaringiz bilan baham: