O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birja tashkil qilgan savdo maydonchalari ro‘yxati
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
13. Birja tashkil qilgan savdo maydonchalari ro‘yxati.
Quyidagilarni sotish bo‘yicha savdo maydonchalari: – neft mahsulotlari; – metall mahsulotlari; – yog‘och materiallar; – qurilish materiallari; – kimyo va neft-kimyo mahsulotlari. Quyidagilarni sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari o‘tkaziladigan savdo maydonchalari: – paxta tolasi; – paxta linti; – paxta shroti va shulxa; – rangli metall. Yuqori likvidli mahsulotlarni EKVda sotish bo‘yicha savdo maydonchalari. Ko‘rgazma va yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha ixtisos- lashgan savdo maydonchalari. Xulosa Tovar birjasi – savdo bitimlari tuzish bo‘yicha vositachilik xiz- matlari ko‘rsatish; tovar savdosini tartibga solish; savdo operatsi- yalarini tartibga solish va savdo muammolarini hal qilish; narxlar haqida, ishlab chiqarishning ahvoli va narxga ta’sir etuvchi boshqa omillar haqida ma’lumot to‘plash va e’lon qilish uchun o‘zini o‘zi oqlash asosida faoliyat ko‘rsatadigan tashkilotdir. Tovar birjasida bitim predmeti tovar va uni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Tovar birjasi, qoidaga ko‘ra, tijorat tashkiloti hisoblanmaydi. Katta foyda olish – uning maqsadi emas. Tovar birjalarini shart- li ravishda ishlab chiqaruvchilar va vositachi firmalar tomonidan qo‘shma loyihani amalga oshirish – har bir qatnashchiga sotuv va xarid operatsiya o‘tkazishni ta’minlovchi, tartibga solinadigan to- varlar bozorini tashkil qilish uchun tuziladigan konsorsium sifatida ifodalash mumkin. 176 Qatnashchilar oladigan foyda tijorat ishlarini amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlarni tejab qolish bilan ta’minlanadi. Birjani aksiyadorlik turidagi tijorat tashkiloti sifatida ham tuzish mumkin. Biroq bunda qatnashchi-tashkilotchilar ularning mijozla- ridan foydalanadigan mijozlardan ancha kam bo‘lishi lozim. Shun- da ta’sischilar manfaatlarida turli vositachilik xizmatlari ko‘rsatish hisobiga birjaning ishlari foydali ta’sir ko‘rsatadi. Birjaning oliy boshqaruv organi bo‘lib aksiyadorlar yig‘ili- shi xiz mat qiladi. Birja faoliyatiga joriy rahbarlikni uning tarkibi va raisi aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tayinlanadigan qo‘mita amalga oshiradi. Birjada faoliyat yuritadigan asosiy shaxslar – birja qatnashchi- lari manfaatlarini ifodalovchi va ularning nomidan bitimlar tuzadi- gan brokerlardir. Bu holatda brokerlar agentlar sifatida ishtirok eta- dilar. Agar brokerlik idorasi o‘z hisobidan operatsiyalarni amalga oshiradigan bo‘lsa, u prinsipal sifatida qatnashadi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling