O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Rivojlangan mamlakatlarning birja tizimi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
18.2 Rivojlangan mamlakatlarning birja tizimi
va ularning rivojlanish istiqbollari AQSH birja tizimi. Qisqacha aytiladigan «Uoll-strit» nomi ostida AQSHning qimmatli qog‘ozlar xarid qilinadigan va soti- ladigan barcha birjalari: Nyu-York fond birjasi (New York Stock Exchange – NYSE), Amerika fond birjasi (American Stock Ex- change – AMEX) va mintaqaviy fond birjalari nazarda tutiladi. AQSH birja tizimining asosi Nyu-York fond birjasi hisoblanadi. Nyu-York fond birjasi XVIII asrning boshlarida paydo bo‘lgan, biroq Nyu-York gazetalarida qimmatli qog‘ozlar muayyan bozori haqida xabar berilgan 1792-yilgacha u, asosan, tovar birjasi funksi- yalarini bajarib kelgan. 1792-yil dastlabki brokerlash bitimi imzo- langan, 1817-yil esa «Nyu-York fond va birja kengashi» nomi va Nizomi paydo bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida NYSE «ko‘ngilli assotssiatsiya» sifatida tashkil qilinib kelgan va faqat 1972-yil u Nyu-York shtatining noti- jorat korporatsiyasiga aylantirilgan. Birjaning ishiga 27 kishidan iborat bo‘lgan direktorlar Kengashi rahbarlik qiladi. NYSE a’zolari soni taxminan 1400 kishiga teng. Har yili o‘nlab jovlar o‘z egalarini almashtiradi, biroq, umuman olganda, NYSE a’zolar tarkibi doimiyligi va barqarorligi bilan tav- siflanadi, bu esa birjani Amerika fond bozorining eng nufuzli insti- tutlaridan biriga aylantiradi 4 . Biroq birja talablariga javob beradigan kompaniyalar uchun doimo birjada «joy» sotib olish imkoniyati mavjud. «Joy» narxi 4 «Рынок деньги и кредит », №7, 2006 г. 185 bozordagi vaziyatga bog‘liq bo‘lib, juda katta oraliqda o‘zgarib tu- rishi mumkin. NYSEda bitta «joy» uchun eng katta narx 1999-yil- ning 23-avgustida to‘langan va 2 650 000 doll.ga teng bo‘lgan. Birja a’zosi – bu savdo zalida «joy»ga ega bo‘lgan xususiy shaxs yoki kompaniya. Savdo zalida qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish faqat birja a’zolariga ruxsat etilgan. Birja a’zosiga aylanish uchun kompaniya birjada belgilangan mos keluvchi standartlarga javob berishi lozim. «Joy»lar soni 1953-yildan beri o‘zgarmay ke- ladi (1366 ta). Investor-tashkilotlar – bu xususiy shaxslar va kom- paniyalar nomidan qo‘yilmalar kiritadigan korporatsiyalar. Ular pensiya fondi, sug‘urta kompaniyalari va banklarni qamrab oladi. Institutsional investorlar, ayniqsa, pensiya fondi qat’iy belgi- langan dividendsiz aksiyalarning eng katta ulushiga ega. 2002-yil- ning 3-choragi oxirida xususiy va jamoat pensiya fondlari, Fede- ral zaxira boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2,4 trillion doll. yoki so‘ndirilmagan qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining 21,5 % i ulushiga ega bo‘lgan. 1950-yilda qimmatli qog‘ozlarning 7,2 % iga ega bo‘lgan AQSH institutsional investorlari bugungi kunda 5,5 tril- lion doll. yoki so‘ndirilmagan qimmatli qog‘ozlarning 49,8 % iga egalik qilmoqda. 1978-yildan boshlab birja a’zolarida o‘z joylarini birjada haqi- qiy a’zolik talablariga javob bera oladiganlarga ijaraga berish im- koniyati paydo bo‘ldi. Natijada birjadagi ko‘plab joylar, asosan, investitsiyalar sifatida yoki kelajakda qimmatroq narxda chayqov maqsadlarida sotib olina boshladi. AQSHning ahamiyati bo‘yicha ikkinchi birjasi – Amerika fond birjasi (American Stock Exchange) hisoblanadi. U qimmatli qog‘ozlar norasmiy bozori sifatida XIX asrning o‘rtalaridan faoli- yat ko‘rsatib kelmoqda. Biroq faqat 1921-yilda u o‘zining savdo zaliga ega bo‘ldi. Amerika fond birjasi AQSHning ahamiyati bo‘yicha ikkinchi birjasi hisoblanishiga qaramay, ishbilarmonlik faolligi ko‘rsat- kichlari bo‘yicha ham, pul qiymatidagi sotuv hajmi bo‘yicha ham Nyu-York fond birjasi va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dilerlar 186 Milliy assossiatsiyasi birjadan tashqari avtomatlashtirilgan kotirov- ka tizimi (NASDAQ)dan ancha ortda qoladi. AMEXda qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar NYSE standartlariga nisbatan ancha yumshoq, shu sababli istiqbolli va o‘sib borayotgan kompaniyalar dastlab o‘z aksiyala- rini Amerika fond birjasida joylashtiradi, so‘ngra, agar uzoq vaqt oralig‘ida bu korporatsiyalar ulardan kutilgan natijalarni oqlasa, ularning qimmatli qog‘ozlari NYSEga o‘tkaziladi. Bunday yo‘lni o‘z vaqtida General Motors, Radio Corporation of America kabi korporatsiyalar bosib o‘tgan. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling