O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
Buyuk Britaniya birja tizimi. Buyuk Britaniya fond bozori
an’anaviy ravishda mamlakat moliya-kredit tizimining muhim qis- mi hisoblanib keladi. Britaniya qimmatli qog‘ozlar bozorida yetak- chi o‘rinlarni London fond birjasi egallaydi. Shuningdek, Buyuk Britaniyada Manchester, Birmingem, Glazgo va Belfastda qator mintaqaviy birjalar ham mavjud bo‘lib, ular mamlakat iqtisodiyoti- da ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. 80-yillarning oxiridan boshlab Xalqaro fond birjasi deb atala boshlagan London birjasi haqli ravishda dunyoning eng baynalmilal birjalaridan biri hisoblanishi mumkin. Yevropadagi boshqa ayrim mamlakatlar aksiyalari bilan savdo hajmi Londonda bu mamlakat- dagi savdo hajmidan katta bo‘ladi. Birjada kotirovka qilinadigan xorijiy emissiyalar soni bo‘yicha u faqat Jeneva fond birjasi, bu Germaniyaning birgalikdagi barcha birjalaridan kevinda turadi. Xalqaro London fond birjasiga a’zo firmalar uch toifaga taq- simlanadi. Ularning birinchisi muhimroq hisoblanadi. Bu qatorga yoki diler, yoki broker, yoki bir vaqtning o‘zida diler va broker bo‘la oladigan birja a’zolari kiradi. Agar birja a’zosi dilerlik faoli- yati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, u birjada bozorni shakllantiruv- chi – «market-meyker» sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Qoida- ga ko‘ra, bunday funksiyalarni faqat yirik firmalar o‘z zimmasiga oladi. Ularning asosiy fiinksiyasi – kotirovka majburiya davri deb ataladigan belgilangan vaqt muddatida qimmatli qog‘ozlarni faol xarid qilish (sotish)dir. Bozorni shakllantiruvchilar bitimni amalga oshirish istagida bo‘lgan narxlarni taklif etadilar. Bozorni shakllan- 187 tiruvchilar soni ko‘pligi tufayli ular o‘rtasida raqobat vujudga ke- ladi, bu esa qimmatli qog‘ozlarning yanada asoslangan narxlariga olib keladi. Bozorni shakllantimvchilar kotirovkada ikkita kursni ko‘rsatishlari lozim: talab (xaridor) narxi va taklif (sotuvchi) narxi. Masalan, 143 – 6,10 × 10 ko‘rinishdagi kotirovka shuni anglata- diki, bozorni shakllantiruvchi 10 000 gacha aksiyalarni 143 pens narxda sotib olish va 10 000 gacha aksiyalarni 146 pens narxda sotishga tayyor. Kurslar o‘rtasidagi farq (3 pens) spredni (kurslar farqi) tashkil qiladi. London fond birjasining ikkinchi toifa a’zolarini dilerlarao brokerlar tashkil etadi. Bu bir-biri bilan yashirin aloqa qilish istagida bo‘lgan bozorni shakllantiruvchilarga vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalardir. Dilerlararo brokerlardan foyda- lanish bozorni shakllantiruvchilarga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zining joriy pozitsiyalarini raqobatchilardan yashirish imkoni- ni beradi. Uchinchi raqobatchilar toifasi pul brokerlaridan iborat. Ularning asosiy funksiyasi – bozorni shakllantiruvchilar uchun qimmatli qog‘ozlarni qarzga olishdir. 80-yillarda London birjasi 1983-yildan 1986-yilgacha o‘tkazil- gan, asosan, birjaning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga, de- makki, Britaniya kapitali pozitsiyalarini mustahkamlashga yo‘nal - tirilgan jiddiy o‘zgarishlar o‘tkazilgan joyga aylandi. Xorijiy kom paniyalarga birjaning to‘laqonli a’zolari bo‘lishga ruxsat etildi. Hozirgi paytda savdoda 60 dan ortiq mamlakatdan kompaniyalar ishtirok etadi. Bu birjada amerikaning NASDAQ tizimiga o‘xshash avtomat- lashtirilgan birja kotirovkalar tizimining joriy qilinishi haqiqiy inqilob bo‘ldi. Bu yangiliklar natijasida birja a’zolarida bitimlar- ni bevosita kompyuter terminallari orqali amalga oshirish imkoni- yati paydo bo‘ldi. Tezda elektron savdo tizimi amalda operatsion zaldagi savdoni siqib chiqardi va London fond birjasi an’anaviy operatsion zaldan voz kechgan va uni elektron savdo tizimi bilan almashtiigan dastlabki virik birjaga aylandi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling