O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
Yaponiya birja tizimi. 1870-yillarda Yaponiya qimmatli
qog‘ozlar tizimi bilan tanishtirildi va davlat obligatsiyalarini joriy qilish shartlari muhokama qilina boshladi. Natijada ommaviy sa- vdo joyi zarurati vujudga keldi, shu sababli 1878-yil Tokio fond birjasiga asos solindi. 1949-yilning 1-aprelida Tokio, Osaka va Na- goyada uchta fond birjasi paydo bo‘ldi. Shu yilning iyulida Kioto (Osakadagi fond birjasiga 2001-yil martda qo‘shilgan), Xirosima (Tokio fond birjasiga 2000-yil martda qo‘shilgan), Fukuoku va Nii- gatu (Tokio fond birjasiga 2000-yil martda qo‘shilgan) qo‘shimcha fond birjasi tashkil qilindi. Bundan tashqari, 1950-yilning aprelida Sapporo fond birjasi tashkil qilindi. Demak, Yaponiyada endi beshta fond birjasi mav- jud. Tokio fond birjasi – bu o‘ziga xos yuridik shaxsdir. Uning jami 114 a’zosi – tashkilotlar. Masalan, Amerika fond birjalaridan farqli ravishda, TFBda xususiy shaxslarning a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘yil- maydi. Birjaning oliy organi a’zolar umumiy yig‘ilishi bo‘lib, u nizomdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq eng jiddiy masalalarnigina hal qiladi. Tokio fond birjasi ikki seksiyaga bo‘linadi: birinchisi – yirik korporatsiyalar uchun, ikkinchisida esa o‘rtacha hajmdagi kom- paniyalarning aksiyalari muomalada bo‘ladi. Yangi a’zolar dastlab ikkinchi seksiyaga tushadi va faqat bir yildan keyin birinchi toifaga o‘tish uchun imtihon topshira oladi. Tokio birjasidan foydalanishga tobora ko‘plab xorijiy kompani- yalar katta qiziqish bildirmoqda. 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab TFBda ro‘yxatga olingan xorijiy firmalar soni o‘sib bordi va 1985-yilda 120tagayetdi. Ularning orasida Amerikaning «Tek- sas instrumente», «Xyulett-Pakkard», «Motorola», Germaniyaning Doyche Bank kabi kompaniyalari juda mashhur. Birjada asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar brokerlik uylari hi- soblanadi. Jami ularning soni 100 dan ortiq. Bugungi kunda ular- ning eng yiriklari – «Nomura», «Dayva», «Nikko». Ular bevosita yoki bilvosita (filiallar orqali) o‘z qo‘lida Tokio birjasi aksiyalari ning 50 % i o‘z qo‘lida ushlab turibdi. 190 Mamlakat iqtisodiyotida fond birjasining roli YaMM ishlab chiqarishda aksiyadorlik mulkining ulushi bilan belgilanadi. Bun- dan tashqari, birjaning roli qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojla- nish darajasiga bog‘liq. Rossiya hali sanab o‘tilgan mamlakatlarda ko‘p narsalar o‘rganishi kerak. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling