makleriat – savdolarni tashkil etish, o‘tkazish va bitimlarni ras-
miylashtirishni amalga oshiruvchi birjaning tarkibiy bo‘linmasi;
market-meyker – market-meykerlarning rasmiy ro‘yxatiga
kiritilgan, qimmatli qog‘oz bo‘ldi aniq bir turining ikkiyoqlama
kotirovkasini doimo e’lon qilish va qo‘llab turish majburiyatini o‘z
zimmasiga olgan hamda birjada shunday xizmatlarni ko‘rsatishdan
kelib chiqadigan barcha vazifalarni bajaruvchi birja a’zosi – inves-
titsiya vositachisi;
markaziy depozitariy – qimmatli qog‘ozlarning Markaziy
Davlat depozitariysi;
noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – ushbu Qonunga muvofiq
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar tushunchasiga oid bo‘lmagan qim-
matli qog‘ozlar;
obligatsiya – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning no-
minal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani
chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olish-
ga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga
bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi
emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
«oddiy auksion» texnologiyasi – savdolar natijalarini avtoma-
tik tarzda qayd etgan holda Bosh makler tomonidan qimmat-
li qog‘ozlarni sotish yoki sotib olish pozitsiyalariga birin-ketin
qo‘yiladigan savdo texnologiyasi;
ochilish narxi – listing kompaniyasi qimmatli qog‘ozining sav-
do sessiyasi ochilishi vaqtida aniqlangan narxi (oldingi savdo ses-
siyasi yopilishi narxiga teng);
pozitsiya – buyurtmalar ro‘yxatidagi satr;
qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqar-
gan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlar-
ni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar
tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadi-
gan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda
tutadi. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi
milliy valyutasida ifodalanadi;
204
Do'stlaringiz bilan baham: |