202
bo‘yicha harakat qiluvchi bir birja a’zosining turli treyderlari to-
monidan mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda, Savdo
tizimiga kiritilgan listing kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlarini
sotish buyurtmasi va sotib olish buyurtmasi;
ikki tomonlama kotirovka – market-meyker e’lon qilgan yoki
u tomonidan qabul qilingan shartlarda bitim tuzish majburiyatini
nazarda tutuvchi, uning tomonidan bir vaqtning o‘zida e’lon qilin-
gan qimmatli qog‘ozlarni sotib
olish va sotish narxlari;
ishchi terminal –
Savdo tizimiga ulanishni, shu jumladan, ma-
sofali ulanishni va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi
operatsiyalarini
bajarish imkoniyatini ta’minlovchi texnik-dasturiy vositalar yig‘in-
disi;
korporativ obligatsiyalar – ochiq aksiyadorlik jamiyatlari to-
monidan chiqariladigan obligatsiyalar;
kotirovka qilish – talab va taklif nisbati asosida mazkur Qoida-
larga asosan qimmatli qog‘ozning
narxini aniqlash, uni qayd etish
va e’lon qilish;
listingdan tashqari korxonalar – qimmatli qog‘ozlari listing
va ekspertiza jarayonlaridan o‘tmagan holda birjada muomalada
bo‘lgan emitentlar;
listing komissiyasi – qimmatli qog‘ozlar listingi, delistingi va
relistingini amalga oshiruvchi birja komissiyasi;
listing kompaniyalari – qimmatli qog‘ozlari listingjarayonidan
o‘tgan va rasmiy birja listingiga
kiritilgan emitentlar;
lot – birja savdolaridagi qimmatli qog‘ozlarning birja boshqaru-
vi tomonidan belgilanadigan miqdoriy o‘lchov birligi;
muqobil buyurtmalar – qarama-qarshi yo‘nalish (sotib olish/
sotish)ga ega bo‘lgan, Savdo tizimiga kiritilgan va
mazkur Qoi-
dalar bilan belgilangan parametrlarga to‘g‘ri keladigan qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha buyurtmalar;
makler – birja Savdo tizimining alohida seksiyalarida qimmatli
qog‘ozlar bilan savdolarni o‘tkazish va
bitimlarni rasmiylashtirish-
ni ta’minlovchi Birja xodimi;
203
Do'stlaringiz bilan baham: