208
savdo tizimi – qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
bitimlarni tuzish va
bajarish maqsadida axborotni ushlab turish, saqlash,
unga ishlov
berish va oshkor etishni ta’minlovchi texnik-dasturiy kompleks;
savdo kuni – birja savdolari o‘tkaziladigan amaliyot kuni;
sotish narxi – sotuvchi tomonidan qimmatli qog‘ozning
birja
savdolarida sotilgan narxi;
taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar –
qimmatli
qog‘ozlarni taqdim etishning o‘zi mulkiy huquqlarni realizatsiya
qilish uchun kifoya qiladigan qimmatli qog‘ozlar;
treyder – qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka
attestatiga va birja a’zosi nomidan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan
hamda Birja to-
monidan belgilangan tartibda birja savdolariga qo‘yiladigan birja
a’zosining vakolatli xodimi;
taklif narxi – uzluksiz ikki tomonlama auksion texnologiyasi
bo‘yicha ishlovchi seksiyalarda birja a’zosi tomonidan qimmatli
qog‘ozni sotish buyurtmasida ko‘rsatilgan narx;
talab narxi – birja a’zosi tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib
olish buyurtmasida ko‘rsatilgan narx;
uzluksiz ikki tomonlama auksion – elektron tartibda amal-
ga oshiriladigan kimoshdi savdosining turi; bunda Savdo tizimi
avtomatik tarzda buyurtmalar parametrlari bilan mavjud muqobil
buyurtmalarni izlab taqqoslaydi va birja savdolari natijalarini qayd
etadi;
veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan bosh-
qa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat
kelganda veksel
egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Do'stlaringiz bilan baham: