O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Mahsulotga real narxlarning shakllanishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

17.5. Mahsulotga real narxlarning shakllanishi
Hozirgi paytda Umumiy elektron tizimda avtomobil benzini, di-
zel yoqilg‘isi, qora metall prokati, mis, rux, ikkilamchi alyuminiy, 
paxta tolasi, shrot va shulxa, boshqa muhim resurslar bo‘yicha birja 
va kimoshdi savdolari o‘tkazilmoqda.
Qora metall savdosi bo‘yicha kimoshdi savdolarini o‘tkazish 
misoli juda qiziqarli. Birinchi savdoda ikkilamchi alyuminiy narxi 
boshlang‘ich narxga nisbatan 60 % o‘sdi, chunki mahsulotning 
o‘ta taqchilligini his qilgan iste’molchilar uning uchun sun’iy bel-
gilangan boshlang‘ich narxdan ancha yuqori narxda haq to‘lash-
ga tayyor edilar. Birinchi savdolar natijasida ishlab chiqaruvchilar 


166
qo‘shimcha foyda oldilar. Keyingi savdolarda talab qisqardi, mah-
sulot narxi pasaydi va barqarorlashdi.
Benzin va dizel yoqilg‘isi sotish bo‘yicha birja elektron sessi-
yalarida ham, garchi narxning bu qadar yuqori ko‘tarilishi o‘ringa 
ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, shunday holat kuzatildi. Biroq bu yerda 
ham birinchi savdoda narxning o‘sishi, keyingi savdolarda esa pa-
sayishi va barqarorlashuvi qayd etildi.
Doimiy ravishda birja savdosiga qo‘yiladigan mahsulotlar-
ning optimal bozor bahosi shartli ravishda shakllanishdan boshlab 
aniqlanadi. Misol uchun, har kuni bo‘ladigan savdoda qora prokati 
bahosining shakllanishida xizmat qilishi mumkin. Masalan, po‘lat 
armaturasi o‘rtacha narxi o‘tgan yili bu mahsulot savdoga vaqt- 
vaqti bilan qo‘yilgan pallada tonnasiga 376,4 ming so‘m darajada 
shakllandi, uning o‘rtacha narxi esa 400–440 ming so‘m atrofida 
bo‘ldi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib be-
ruvchilar uchun birja savdosiga mineral o‘g‘it ham qo‘yilgan. Ma-
salan, karbamid, amiakli selitra, ammofos va superfalfat, shu bi-
lan bir qatorda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yuqori likvidli tovarlar 
guruhlari bilan bir qatorda yaqin kunlar ichida birja va kimoshdi 
savdoga kabel simlari mahsulotlari, paxta linti, oziq-ovqat mahsu-
lotlaridan o‘simlik yog‘i, shakar va guruch kurpalarining birja sav-
dosiga qo‘yilishi mo‘ljallangan. Joriy baho dinamikasining tahlili 
birja savdosidagi baho bozorini shakllantiradi.
Shunday qilib, birja savdosi savdogarlikka yordam beradi va ba-
honing o‘sishiga olib keladi degan gumon o‘zini oqlamadi.
Birja savdosida bir butun elektron tizimni joriy qilish sababli 
yildan yilga aylanmaning o‘sishi mustahkamhgi kuzatilmoqda. Shu 
jumladan, 2007-yilda birja savdosining oboroti 2006-yilga nisbatan 
12 % ga o‘sganligi aniqlangan. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 
yuqori likvidli mahsulot turlari 60 mlrd. so‘mdan ortiqroq sotilgan, 
2008-yilning birinchi choragida Respublika ichkarisidagi shartno-
ma hajmiga nisbatan uch barobarga oshgan.
Birja tahlilchilari shuni isbotlamoqchi bo‘lishyapti, ya’ni yan-
gi hokimiyat qarorlari nafaqat savdoning oborotini zudlik bilan 
167
oshirish va shu bilan korxonaning moddiy texnika resurslariga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish demakdir.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling