O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi
Birja va kimoshdi savdosi mexanizmi
Download 4.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Birja ishi SANPINga
17.4. Birja va kimoshdi savdosi mexanizmi
Birja va kimoshdi savdosining aniq mexanizmi alohida olingan mahsulotlarni sotish tartibi orqali aniqlanadi. Birinchidan, sotiladigan mahsulot qonun bo‘yicha korxonalarning shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatiladi va uni qayta sotish mumkin emas. Ikkinchidan, birjadagi savdo jarayoni elektron savdo tizimi orqa- li amalga oshiriladi. Shu sababli savdo butun respublika hududida aniq bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi va hamma tadbirkorlar resurslarni bir xilda olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Undan tash- qari, oshkora va tiniq elektron birja savdosi bozorda manipulatsi- yadan kafolatlangan holda xizmat qiladi. Uchinchidan, iste’molchi-korxonalar resurslarni sotib olish uchun ehtimol mahsulotni yoki brokerlik joyini sotib olishi yoki mutaxassis brokerlar xizmatidan foydalanishlari mumkinligi. Bro- ker tadbirkorlik agentining buyrug‘iga binoan resurslarni sotib olishni amalga oshiradi. Undan tashqari, tadbirkorning o‘zi ham broker bo‘lishi mumkin va birja savdosida mustaqil ravishda mah- sulotni sotib olishi mumkin. To‘rtinchidan, resursni sotib oluvchi bo‘lgan oluvchi korxona birjaga broker orqali bankka to‘lovga qodirligi to‘g‘risidagi ma’lu- motnomani va davlat registratsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risidagi gu- vohnomani taqdim etishining shartligi. Shundan keyin esa broker sotib oluvchining topshirig‘iga bino- an unga resursni sotib oladi, so‘ngra esa sotib oluvchi bitim bayon- nomasini oladi. 165 Shu bayonnoma bilan u sotuvchi tomonga jo‘nab ketadi (ish- lab chiqaruvchi zavodga yoki uning regiondagi vakillariga) va ular bilan bitim bayonnomasida ko‘rsatilgan hajmi va bahosi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Agarda sotuvchi yoki xaridor o‘rtasida tuzilgan shartnomadan bosh tortsa, u holda 5 % li jarima to‘laydi, ya’ni jarima to‘lash so- tuvchini shartnoma tuzish majburiyatidan ozod qilmaydi. Shunday qilib, agar korxona birja savdosida g‘olib chiqsa, u holda resurslar- ni olishi kafolatlanadi. Sotuvchi va oluvchi tomonidan mos holda ishlab chiqilgan majburiyatini chin dildan tartibga solingan holda boshqarilishi, ularni chin dildanmasligi, munosabati har tomonla- ma ko‘rsatilgan tartibda sanksiya aniq reglament qilinadi. Mahsulotni ulgurji sotish bahosi yo‘q joyga ishlab chiqaruvchi- lar mahsulotining bahosini deklaratsiya qilgan holda chiqarishi. Oxirgi yoki hal qiluvchi baho, asosan, talab va taklif o‘rtasidagi bo- zor qonunlariga asoslangan holda shakllanadi. Ayrim hollarda kat- ta ahamiyatga ega bo‘lgan pozitsiyalar ko‘rilgan, baho hech qachon boshlang‘ich bahoning 10 % idan oshib ketishi kerak emas. Agar bu ko‘rsatkich oshib ketadigan bo‘lsa, u holda xalqaro birja amali- yotiga mos ravishda savdo jarayoni to‘xtatiladi. Shunday qilib, bo- zorga qo‘yilgan to‘siq bahoning o‘sish yo‘lini ushlab qololmaydi. Download 4.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling