O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotib olish


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotib olish. Bunday ho-
latda brokerlik joyini sotib olishni istovchi shaxs birja savdolariga 
ruxsat etilgan broker bilan brokerlik joyini birja savdolarida sotib 
olish to‘g‘risida topshiriq shartnomasini tuzadi. Broker tomonidan 
brokerlik joyini xarid qilish to‘g‘risidagi topshiriq bajarilganidan 
so‘ng xaridor brokerga (kelishuvlarga ko‘ra) va fond birjasiga vo-
sitachilik haqini to‘laydi. Brokerlik joylarini birja savdolari orqali 
sotish umumiy asoslarda «Toshkent» RFBda qimmatli qog‘ozlar 
bilan operatsiyalarni bajarishning qoidalariga muvofiq amalga 
oshi riladi. Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotishni xohlov-
chi shaxs fond birjasiga joyni savdolarga qo‘yish haqidagi ariza-
ni, unin g narxi to‘liq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (brokerlik 
joyiga sertifikat), mazkur joy zamirida garov majburiyatlarining 
yo‘qligi haqida kafolatnomani taqdim etishi, shuningdek, fond bir-
jasini o‘zining oldidagi biror-bir bajarilmagan majburiyatlarning (ba-
jarilgan bitimlar bo‘yicha vositachilik haqlari, jarimalar, penyalar va 
h.k.) yo‘qligini tasdiqlashi zarur. Ushbu vaziyatda brokedik joyining 
narxi sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi. Brokerlik 
joyining narxiga qo‘shimcha qiymat solig‘i ham qo‘shiladi.
Brokerlik joyini birja savdolarisiz xarid qilish. Agar sotuv-
chi va xaridor bir-birini mustaqil ravishda topsa, oldi-sotdi bitimini 
rasmiylashtirish uchun brokerlik joyining birja savdolariga qo‘yili-
shi talab etilmaydi. Ular o‘rtasida birja tomonidan tasdiqlangan na-
munaviy shakl bo‘yicha brokerlik joyining oldi-sotdi shartnomasi 
tuziladi. Ushbu shartnoma ro‘yxatga olish va brokerlik joyini qayta 
rasmiylashtirish uchun birjaga topshiriladi. Bunda birjaga shartno-
121
mani birjada ro‘yxatga olish vaqtida birjaning Boshqaruvi tomoni-
dan belgilangan brokerlik joyi qiymatining o‘rnatilgan miqdorida 
ro‘yxatga olish yig‘imi to‘lanadi. Ro‘yxatga olish yig‘imi birjaga 
kelishuvlarga ko‘ra yo sotuvchi tomonidan, yo bo‘lmasa, xaridor 
tomonidan to‘lanadi. Ushbu holat shartnomada aks ettiriladi va 
bunda ro‘yxatga olish yig‘imining summasi brokerlik joyining qiy-
matiga kiritilishi mumkin.
Fond birjasining Boshqaruvi investitsiya muassasasi sifatida 
faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan yoki tarkibi-
da qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha I va II toifali mutaxassisga ega 
bo‘lmagan shaxsga, shuningdek, avval fond birjasi a’zolarining sa-
fidan chiqarilgan shaxslarga, agar chiqarilgandan buyon bir yildan 
ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, brokerlik joyini sotib olishga ruxsat 
bermasligi mumkin.
Brokerlik joyining bir shaxsdan ikkinchisiga oldi-sotdi bilan 
bog‘liq bo‘lmagan (o‘tkazish, almashish, sovg‘a qilish, meros qoldi-
rish) asoslarda o‘tkazilishida uning yangi egasi joyni o‘z nomiga 
qayta rasmiylashtirishi shart. Brokerlik joyini qayta rasmiylashti-
rishda uning yangi egasi birjaga ariza, avvalgi egasining broker-
lik joyiga egalik qilish huquqlarini o‘tkazish asoslarini (oldi-sotdi, 
almashish, sovg‘a qilish, ustav fondiga o‘tkazish shartnomasining 
nusxasini), birjaga ro‘yxatga olish yig‘imini o‘tkazganlik to‘g‘risi-
da to‘lov topshiriqnomasining nusxasini taqdim etishi lozim. Bro-
kerlik joyining narxini to‘liq to‘lagan xaridor birjaga a’zo bo‘ladi. 
Brokerlik joyining avvalgi egasi birja a’zosi huquqlarini yo‘qotadi.
Brokerlik joyining egasi fond birjasiga ushbu joyni o‘zi sotib 
olishi haqidagi iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega. Birja 
mazkur joyni kelishilgan narxda sotib olgan holda uning iltimo-
sini qondirishi, yo bo‘lmasa, sababini izohlamagan holda iltimosini 
qondirmasligi ham mumkin.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling