O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi k. Z. Xomitov, F. A. Hamidova birja ishi


Download 4.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/95
Sana21.11.2023
Hajmi4.54 Kb.
#1792412
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95
Bog'liq
Birja ishi SANPINga

Tayanch so‘zlar: investitsiya muassasalari, investitsiya kompaniyalari, in-
vestitsiya maslahatchilari, investitsiya fondlari, xususiylashtirish boshqaruvchi 
kompaniyalar; qimmatli qog‘ozlarning nominal egalari, xolding kompaniyalari
vositachilik shartnomasi, anderrayter, anderrayting xizmati, do‘konlari.
Nazorat savollari:
1. Iinvestitsiya muassasalari nima?
2. Investitsiya muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan ibo-
rat?
3. Investitsiya muassasalari qanday faoliyatlarni amalga oshiradi?
4. Investitsiya kompaniyalarining o‘ziga xos xususivatlarini tavsiflang.
5. Xolding kompaniyasining qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
111
XII BOB
INVESTITSIYA FONDI. KLIRING
PALATASINING FUNKSIYALARI
12.1. Investitsiya fondi va kliring
palatasi to‘g‘risida tushuncha
Investitsiya fondi. Investorlarning pul mablag‘larini jalb qilish 
va ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlarga, boshqa 
investitsiya aktivlariga, shuningdek, banklardagi hisobvaraqlarga 
va omonatlarga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik 
shaxs – ochiq aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir. Investit-
siya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarini 
o‘zgartirishga haqli emas. Investitsiya fondini qo‘shib yuborish, 
qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozori-
ni tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan 
holda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi profes-
sional faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya fondiga beril-
gan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish in-
vestitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.
Investitsiya fondlari ikki xilga bo‘linadi: ochiq va yopiq inves-
titsiya fondlari. Ochiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ular-
ni sotib olish majburiyati bilan muomalaga chiqaradi, ya’ni fond 
qimmatli qog‘ozlarining egalariga ularning o‘rniga pul summasi 
yoki mol-mulkni olish huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko‘zda 
tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni 
sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi.

Download 4.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling