O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
O‘quv predmetining asosiy bo‘limlari
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘quv predmetining asosiy bo‘limlari Amaliy geografiya o‘quv kursining asosiy bo‘limlari quyidagicha: –
obyektlari, boshqa fanlar bilan aloqasi. –
Tabiiy-geografik jarayonlar va ularni o‘rganishning ahamiyati. –
Tabiat komplekslari va resurslarini geografik baholash. –
Geografik bashorat. –
Yirik xo‘jalik korxonalarini joylashtirish va boshqa muhim tadbirlarni amalga oshirishning ekologik-geografik ekspertizasi. –
–
Tabiiy va inson resurslarini iqtisodiy-geografik baholash. –
Geosiyosatning nazariy asoslari. –
O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va kelajagi. –
Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari.
246
Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi № Mavzular Nazariy mashg`ulot Amaliy mashg`ulot Jami 1 Kirish “Amaliy geografiya” fani haqida tushuncha 2 - 2 2 Amaliy geografik tadqiqotlar 2 -
3 Tabiiy geografik jarayonlar 2 -
4 Jamiyat va tabiatning o`zaro ta`siri 2 -
5 Tabiat komplekslari va ularning o`zgarishi 2 - 2 6 Geografik bashorat 2 -
7 Atrof muhit monitoringi 2 -
8 Geografik-ekologik ekspertiza asoslari 2 -
9 Insoniyatning ekologik muammolari 2 -
10 Ekologik muammolar va ularning yechimi 2 -
11 Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy asoslari 2 - 2 12 Soha kompeks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati 2 - 2 13 Iqtisodiy tarmoqlar va ularni joylashtirish qonuniyatlari - 2 2 14 Tabiiy va inson resurslari, ularni iqtisodiy-geografik baholash - 2 2 15 Geosiyosatning nazariy asoslari - 2
16 Siyosat va geografiya fani o`rtasidagi aloqadorlik - 2 2 17 O`zbekistonning geosiyosiy o`rni va kelajagi. 2 - 2 18 O`zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi 2 - 2 19 Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari. 2 -
20 Davlatlarning o`zaro geosiyosiy munosabatlari 2 - 2 Jami: 32 8 40
247
Amaliy geografiya fani haqida tushuncha, uning maqsadi va vazifalari. Amaliy geografiyaning tadqiqot usullari (tizimli, landshaft, ekologik, iqtisodiy va h.k.). Amaliy geografiyaning ahamiyati.
Agrogeografik tadqiqotlar. Qishloq xo‘jalik erlari. Qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish. Madaniy ekinlarni resursga mos ravishda tabaqalashtirilishi. Er kadastri. Tuproq bonitrovkasi. Muhandislik- geografik tadqiqotlar. Sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, yo‘llarni loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar. Tibbiy geografik tadqiqotlar. Tabiiy sharoitni inson salomatligiga ta’siri. Atrof muhit tarkibidagi og‘ir metallar miqdorini ortib ketishining inson salomatligiga ta’siri.
Tabiiy geografik jarayonlar haqida tushuncha. Endogen va ekzogen kuchlar. Sun’iy omillar. Tabiiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar (nurash, eroziya, sel, surilma, karst, vulqon, zilzila va h.k.). Sun’iy omillar ta’sirida vujudga keladigan jarayonlar: er yuzasini cho‘kishi, surilmalar, sho‘rlanish, suv eroziyasi, shamol eroziyasi, o‘pirilishlar va h.k.
Muhandislik inshootlari. Shaharsozlik, sanoat, transport, gidrotexnik inshootlar. Jamiyat va tabiatni o‘zaro ta’sirining asosiy bosqichlari: termachilik, ovchilik, baliqchilik; ilmiy – Тexnik inqilob. Ekologik muvozanat va uning buzilishi.
Tabiat komplekslari haqida tushuncha. Landshaftlar va ularning tuzilishi (joy, maydon, fastiya) loyihalash ishlarida landshaft tahlili. Tabiat komplekslarini barqarorligi va ularning ho‘jalik ishlarida hisobga olish. Tabiat komplekslarini inson tomonidan o‘zgartirilishi.
Geografik bashorat haqida tushuncha. Bashorat usullari: landshaft- indikastiya; o‘xshatish; ekstropolyastiya. Tabiat komponentlarini bashoratli ma’lumotnomali xususiyatlari. Sayyoraviy, mintaqaviy va 248 mahalliy bashoratlar. O‘zbekiston tabiat komplekslarining o‘zgarishini bashoratlash.
Monitoring va uning turlari: bioekologik, geoekologik, biosferik. O‘zbekistonda atrof muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda muntazam ravishda amalga oshirilayotgan monitoringli tadqiqotlar. Geografik-ekologik ekspertiza asoslari “Ekspertiza” tushunchasi va uning turlari (davlat, ilmiy, jamoatchilik, vazirlik). Ekspertiza uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. Ekspert xulosalari. O‘zbekistonda geografik ekologik ekspertiza o‘tkazish.
Global muammolar tushunchasi. Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammosi. Ekologik muammo, ekologik tanazzul. Demografik muammo. Demografik tanazzul. Demografik siyosat. Energetika va xom ashyo muammolari: sabablari va hal qilish yo‘llari. Oziq-ovqat muammosi. Mazkur muammoni echishning ekstensiv va intensiv yo‘llari. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. Dengiz xo‘jaligi. Ozon “tuynugi”, Dunyo okeani suvining sho‘rlanishi. Global muammolarning o‘zaro aloqadorligi. Rivojlanayotgan davlatlarni qoloqlikdan chiqarish – eng katta umumbashariy muammo. Global ilmiy bashoratlar. Global ilmiy taxminlar (gipotezalar): Issiqxona samarasi, Er yuzi aholisi sonining barqarorlashuvi, Oykumenapolis gipotezalari. Global loyihalar. Jahon XXI asrda. Amaliy mashg‘ulot Kon metallurgiya, energetika yoki kimyo sanoati korxonalarining joylashishi bo‘yicha ekologik-geografik ekspertiza o‘tkazish (korxona tanlovi ixtiyoriy). Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy asoslari Xilma-xil turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan xom ashyo, yoqilg‘i, energiya materiallar va mehnat harajatlarining har xilligi. Ishlab chiqarishni joylashtirish jarayoniga ta’sir qiluvchi texnik- iqtisodiy omillar; material (xom ashyo)lar, suv, energiya va mehnatga ko‘p talabchanlik. Xom ashyo va tayyor mahsulotlarning nisbatan transportabel ekanligi. Materiallar(xom ashyo)ni ko‘p iste’mol qiluvchi tarmoqlar. Materiallar(xom ashyo)ga ko‘p talabchanlikni hisoblash va baholash.
249 O‘zbekistonda materiallar(xom ashyo)ni ko‘p iste’mol qiluvchi tarmoqlarning rivojlangan holati. Suvga bo‘lgan talabni baholash. Suvni ko‘p iste’mol qiluvchi tarmoqlar. Undiruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarda suv sarfi. Dehqonchilikda suv sarfining keskin farqlarga egaligi va uning asosiy sabablari. O‘zbekistonda suvni iste’mol qiluvchi sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari. Energiyaga bo‘lgan talabchanlikni tavsiflash. Energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi tarmoqlar. Yoqilg‘idan, elektr energiyadan yoki har ikkisidan ham ko‘p foydalanuvchi tarmoqlar. Sanoatning ayrim tarmoqlarida energiya sarfini
mahsulot tannarxidagi ulushi. O‘zbekistonda energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi tarmoqlarning rivojlanganligiga va joylashganligiga xos hususiyatlar. Mehnatga bo‘lgan talabchanlikni o‘rganish va baholash, mehnatni ko‘p talab qiluvchi sanoat va qishloq xo‘jaligining tarmoqlarini rivojlanishi va joylashishini ifodalovchi qonuniyatlar. Mamlakatlarning rivojlanganlik darajasi bilan mehnatni ko‘p iste’mol qiluvchi tarmoqlarning tarqalishi o‘rtasida funkstional aloqaning mavjudligi. O‘zbekiston Respublikasida mehnatni ko‘p iste’mol qiluvchi tarmoqlarning keng tarqalganligi shu holatning asosiy sabablari. Xom ashyo va tayyor mahsulotning nisbatan transportabelligi. Uni hisoblash va baholash usullari. Xom ashyodan katta va kichik miqdorda tayyor mahsulot olinadigan sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari. Transportabel tayyor mahsulot turlari. Transportabel bo‘lmagan xom ashyo va tayyor mahsulot turlarini uzoq masofalarga tashish muammosini hal qilish yo‘llari. Tarmoqlar va ayrim korxonalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida hududiy joylashtirish tamoyillari.
Geografik baholash usullari (sifat, miqdor). Mineral resurslarni iqtisodiy baholash, ularni ishlab chiqarish(qazib olish)ga ketgan yakuniy va to‘g‘ri harajatlarning farqiga asoslanishi. Differenstial renta va tabiiy resurslarning iqtisodiy bahosi. Differenstial renta ko‘rsatkichidan tabiiy resurslarni iqtisodiy baholashda foydalanishda hisobga olishi zarur bo‘lgan uch jihatga xos xususiyatlar. Suv resurslari va ularni iqtisodiy baholash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar. Biologik resurslarni iqtisodiy baholash resurslari. O‘rmon resurslarini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash.
250 Iqlim resurslari va ularni iqtisodiy baholash masalalari. Iqtisodiy baholashni iqlim resurslaridan foydalanish maqsadi bilan aloqadorligi. Rekreastion resurslarni iqtisodiy baholash. Turistik renta va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Aholi, mehnatga layoqatli aholi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol va nofaol aholi, ishchi kuchi tushunchalarining mazmuni. Aholini tabiiy va migrastion harakatini tavsiflash va baholash. Demografik jarayonlarni hisoblash usullari. Mehnat resurslarini hisoblash metodikasi. Mehnat resurslari balanslari, ularning asosiy elementlari. Iqtisodiy faol aholi soni va ulushini hisoblash. Iqtisodiy nofaol aholi va uning tarkibi. Band aholi, ishsizlar, iqtisodiyotdan ajralgan holda tahsil olayotgan o‘quvchilar va boshqa turdagi iqtisodiy faol va nofaol aholini hisoblash metodikasi. O‘zbekistonda mehnat resurslari muammosi va uni hal etish yo‘llari. Inson resurslarini iqtisodiy baholash usullari va yondashuvlari. Mehnat resurslarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati balans va boshqa usullar yordamida baholash. Geosiyosatning nazariy asoslari “Geosiyosat” tushunchasining mohiyati va mazmuni. “Geosiyosat” shakllanishi va rivojlanishining manbalari va asosiy bosqichlari.
Geosiyosat klassiklarining asosiy g‘oyalari va tamoyillari(F. Ratstel, R. Chellen, X.Makinder, T. Mexen, V. Blansh, N. Spaykmen va boshqalar). Hozirgi zamon geosiyosat maktablari va nazariyalari (“Atlantizm”, “Bixeviorizm”, “Mondializm”, Rus maktabi va boshqa yondashuvlar). O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va kelajagi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi O‘zbekiston hozirgi zamon siyosiy va iqtisodiy xaritasida. SSSR ning parchalanib ketishi va uning O‘zbekiston uchun geosiyosiy oqibatlari. O‘zbekiston nimasi bilan geosiyosiy e’tiborga ega? O‘zbekistonning geosiyosiy manfaatlari. O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va kelajagi. O‘zbekiston-g‘arb mamlakatlari, O‘zbekiston-MDH mamlakatlari, O‘zbekiston-AQSh, O‘zbekiston-qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar. 251 O‘zbekistonning geosiyosiy mavqeyi va uning istiqbollari. O‘zbekistonning tabiiy demografik salohiyati va geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirish yo‘llari. Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari .Davlatlarning o‘zaro geosiyosiy munosabatlari. Davlatlarning o‘zaro geosiyosiy munosabatlari haqida.
Geosiyosatning tarixiy kategoriyalari G‘arbiy va Sharqiy Evropadagi geosiyosiy jarayonlar. Geosiyosiy munosabatlarda AQSh ning tutgan o‘rni va mavqeyi. Ko‘p qutbli dunyo shakllanishi va rivojlanish istiqbollari. Rossiyaning geosiyosiy manfaatlari. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari, ularga xos dinamika va xususiyatlar. Xitoyning geostrategik siyosati va unga xos iqtisodiy, siyosiy, geografik va demografik xususiyatlar. Xitoyning O‘rta Osiyo va O‘rta Sharq mintaqalaridagi geosiyosiy vaziyatga ta’siri.
1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston. 1997. 2.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O‘zbekiston. 1999.
3.
Alimov T.A., Rafiqov A.A. Ekologik xatolar saboqlari: – T.: O‘zbekiston. 1991. 4.
Andriyanova T. V. Geopoliticheskie teorii XX veka (Sostialno- filosofskie issledovaniya). – M.: 1996. 5.
6.
Geopolitika: teoriya i praktika-Pod red. E. A. Pozdnyakova. – M.: 1996. 7.
Dugen A. Osnovы geopolitiki. – M.: Artogeya. 1997. 8.
Zokirov Sh.S. Landshaftshunoslik asoslari. – T.: Universitet. 1994. 9.
Maksakovskiy V.P. Geograficheskaya kartina mira. Globalnыe problemы chelovechestva. – Yaroslavl: 1996. 10.
Mamatkulov M, Nigmatov A, Yusupov R. Geomorfologiya. – T.: Cho‘lpon. 2006. 11.
Nabiev E.G‘., Qayumov A.A. O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati. – Т.: Akademiya-Universitet. 2000. 12.
Nigmatov A. Inson va tuproq. 1-2 nashr. – T.: “G‘afur G‘ulom”. 2002, 2003. 13.
Pozdnyakov E. A. Geopolitika. – M.: Progress-Kultura. 1995. 14.
252 15.
Rafiqov A. A. Geoekologik muammolar –T.: O‘qituvchi. 1997. 16.
17.
Xorev B. S. Ocherki geoglobalistiki i geopolitiki. – M.: 1997. 18.
“Atlas mira” - SD kompleks diska, “New Mennlum”. 19.
Qayumova M. Amaliy geografiyadan uslubiy qo‘llanma. –Jizzax: 2014.
253
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”
1 U. Qodirov – Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i 2 S.Qurbonov – O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bosh mutaxassisi 3 O. Qulto‘raev – JIDU qoshidagi akademik litsey yetakchi o‘qituvchisi 4 A. Sotvoldiev – Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi, dotsent 5 H. Abduvohidov – Yangiyer akademik litseyi harbiy rahbari 6 A. Norboev – Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi 7 A. Bo‘taev – Xo‘jaobod pedagogika va ijtimoiy-iqdisodiyot kasb-hunar kolleji harbiy rahbari
Q.Djalilov – O‘ZMU qoshidagi 2-son akademik litseyi harbiy rahbari
H.Jo‘raev – Jizzax viloyati Forish Maishiy xizmat va transport kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi
N. Safarov – Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litsey “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri ` Q.Yusupov – Axborot-metodik ta’minlash xizmati metodisti 254 Kirish
1.“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etiladi va olib boriladi. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining, shuningdek, jamoat
tashkilotlarining ushbu sohadagi asosiy vazifalarini hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibini “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari bilan belgilanadi. “Chaqiruvga qadar
boshlang‘ich tayyorgarlik” (CHQBT) chaqiruvgacha hamda chaqiruv yoshida bo‘lgan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun majburiy o‘quv fani hisoblanadi.
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘quv faning maqsadi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘quvchi-yoshlarga o‘qitilishidan asosiy maqsad, Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, kindik qoni to‘kilgan, avlod-ajdodlarining xoki-poyi qo‘yilgan yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek muqaddas burchini a’lo darajada ado etishlariga zamin yaratish uchun boshlang‘ich harbiy ta’lim berish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqodlarini va qiziqishlarini orttirish, shuningdek, to‘satdan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining vazifalari: CHQBT jarayoni o‘quvchi - yoshlarni Qurolli kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlarini a’lo darajada bajarish, o‘ziga ishonib topshirilgan jangovar texnika va qurol- aslahalardan to‘g‘ri foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, shuningdek, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar (terrorchilik harakatlari, harbiy harakterga ega tahdidlar, qurolli to‘qnashuvlar, axborot kurashlari va h.k.) da to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling