O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturning bo‘limlari bo‘yicha yillik o‘quv soatlar taqsimoti
- Jami: 140 80 80 80 40 * 20
255 Yoshlarga harbiy ta’lim berishda ularga harbiy qismlarning jangovar o‘quv-faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi qo‘shinlarning jangovar o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish ko‘zda tutiladi. 2. CHQBT fani uchun o‘g‘il bolalarga – 140 soat; qiz bolalarga - 80 soat (4 soat - kirish mavzusiga, 26 soat “Fuqaro muhofazasi”ga, 4 soat – “Harbiy xizmat asoslari”ga, 46 soat “Tibbiy bilim asoslari”ga ajratilgan). CHQBT fani o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’limning oxirgi ikki yilida o‘qitiladi. 3. Ta’lim muassasalarida CHQBT fani nazariy, amaliy va nazorat shaklida o‘tkaziladi. Nazariy mashg‘ulotlar asosan ma’ruza yoki suhbat shaklida ta’limning pedagogik va axborot
kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘quv materiallarining asosiy tushunchalari, ta’riflari hamda mavzuning asosiy qoidalarining mazmuni bayon etiladi. Adabiyotlar, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Qurolli Kuchlar Nizomlari talablari izohlanadi. Amaliy mashg‘ulotlar fan dasturi talablariga muvofiq jihozlangan o‘quv-moddiy bazalarda o‘tkaziladi. Nazorat mashg‘ulotlari dasturning “Harbiy ish asoslari”, “Otish tayyorgarligi” va “Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik”, “Tibbiy bilim asoslari” bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlar faqat o‘g‘il bolalar uchun dala o‘quv mashg‘ulotlarining yakunida, “Harbiy xizmat asoslari” va “Fuqaro muhofazasi” bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlar mazkur bo‘limlar o‘qitilishi yakunlanganishi bilan o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalarida “Harbiy xizmat asoslari” bo‘limi bo‘yicha o‘g‘il bolalar bilan, “Fuqaro muhofazasi” bo‘limi bo‘yicha esa o‘g‘il va qiz bolalar bilan birga nazorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Nazorat mashg‘ulotlarida o‘quvchilar dasturda ko‘rsatilgan me’yorlarni (mashq, usul, amaliy harakat, vazifalar) bajarishadi. O‘quvchilarning yakka tartibdagi bahosi dasturdagi bo‘limlar bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarida uning har bir me’yor bajarilganligi uchun olgan baholari yig‘indisidan kelib chiqib quyidagicha aniqlanadi: “a’lo” – agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning (mashq usul, amaliy harakat, vazifalar) 50 % dan ortig‘i “a’lo” bahoga, qolganlari esa “yaxshi” bahoga bajarilgan bo‘lsa; “yaxshi” - agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning 50 % dan ortig‘i “a’lo” va “yaxshi” baholarga bajarilsa, qolganlari esa qoniqarlidan pastga baholanmagan bo‘lsa; “qoniqarli” - agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning bajarilishiga qo‘yilgan “qoniqarsiz” baho bittadan ko‘p bo‘lmasa;
256 “qoniqarsiz” - me’yorlar bo‘yicha ikkita va undan ko‘p qoniqarsiz baho bo‘lsa; Ta’lim muassasalarida bitiruvchi bosqich o‘quvchilari bilan o‘qishning yakuniy qismida CHQBTdan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash hamda dastur
bo‘limlarida ko‘rsatilgan nazorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun CHQTBga ajratilgan vaqt hisobidan uch kunlik dala o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich o‘quvchilari bilan o‘qishning oxirgi davrida, tuman (shahar) hokimliklari hamda hududiy mudofaa ishlari bo‘limlari bilan kelishilgan holda, ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga ko‘ra o‘tkaziladi. Uch kunlik dala o‘quv mashg‘uloti (DO‘M) quyidagi tartibda olib boriladi: – bir vaqtning o‘zida barcha yoki bir nechta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga otaliqda bo‘lgan harbiy qismlarga yoki okrug qo‘mondonligi tomonidan biriktirilgan o‘quv joylarida yig‘in o‘tkazish yo‘li bilan; – har bir guruh o‘quvchilarini uch kunlik mashg‘ulotlar jadvaliga muvofiq olib chiqish yo‘li bilan . (O‘MB to‘liq bo‘lgan ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda); – dala o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasasining o‘z bazasida;
DO‘M o‘tkazish vaqti va tartibi mudofaa ishlari bo‘limlari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi va CHQBT jarayonini rejalashtirishga qadar ta’lim muassasalari rahbarlariga ma’lum qilinadi. DO‘M nazorat mashg‘ulotlarida nazorat me’yorlari (mashq, usul, amaliy harakat, vazifalar) ushbu dasturdagi 2-ilova shartlari bo‘yicha bajariladi.
“Harbiy ish asoslari” bo‘limi bo‘yicha: – nishonni ilg‘ash, ularning joy atrofidagi narsalarga hamda belgilarga nisbatan joylashgan o‘rnini aniqlash va kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish; – o‘t ochish joyini tanlash, yotib otish uchun xandaq (okop) qazish; – jang maydonida avtomatdan o‘t ochgan holda yurib, qisqa yugurishlar bilan, yugurib, emaklab harakatlanish (to‘liq bajarish);
“Otish tayyorgarligi” bo‘limi bo‘yicha : – avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, tozalash va moylash; – avtomatdan otish bo‘yicha dastlabki mashqni bajarish (kichik kalibrli- pnevmatik miltiqdan otish mashqini bajarish);
257 – o‘qdonga paxtavon patronlarni joylash; – qo‘l granatalarini uloqtirish bo‘yicha mashqlarni bajarish. “Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik” bo‘limi bo‘yicha: – 100 metrga yugurish; – turnikda tortilish; – 1000 yoki 3000 metrga yugurish; – to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish bo‘yicha umumnazorat mashqini bajarish; – qo‘l jangi usullarini bajarish.
“Harbiy xizmat asoslari” bo‘limi bo‘yicha: – kombatantning xatti-harakatlarini bajarish
4. Ta’lim muassasalarida CHQBT jarayoni mazkur dastur talablari asosida rejalashtiriladi. O‘quv reja dasturning to‘liq bajarilishini, uning har bir bo‘limini boshqa fanlar bilan uzviy hamkorlikda o‘rganishni ta’minlashi shart. Joriy o‘quv yiliga taqvimiy-mavzuviy rejani “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”rahbari CHQBT dasturi hamda ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan haftalar bo‘yicha reja asosida ishlab chiqadi. Taqvimiy-mavzuviy reja o‘quv yiliga to‘liq tuzilib, uch kunlik dala- o‘quv mashg‘ulotlarini ham o‘z tarkibiga oladi. Taqvimiy-mavzuviy reja har yili Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va ta’lim muassasalarining CHQBT bo‘yicha erishilgan ilg‘or tajribalaridan, shuningdek, axborot metodik yordam xizmati ma’lumotlaridan kelib chiqib yangilanib turiladi. Taqvimiy-mavzuviy rejada mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv soatlarining taqsimoti, mashg‘ulotlarni o‘rganish mantiqiy ketma-ketligi, mashg‘ulotlarning o‘quv va tarbiyaviy maqsadlari, o‘quvchilarga mustaqil tayyorgarliklari uchun topshiriqlar, nazorat turlari, o‘quv adabiyotlari, shuningdek, uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatiladi. O‘quv yili boshida ta’lim muassasasi direktorining «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlash to‘g‘risida» gi hamda mashg‘ulotlarni tashkiliy jihatdan sifatli uyushtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari talablarini o‘quvchilarga amaliy jihatdan singdirish maqsadida «Guruh komandirlarini tayinlash to‘g‘risida» buyruqlari tasdiqlanadi. Buyruqqa asosan o‘quv guruhlardan guruhlar tashkil qilinadi. Intizomli, bilimli, tashkilotchi o‘quvchilardan guruh komandirlari tayinlanadi. 258 O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida olgan bilim, ko‘nikma va malakalari darsdan tashqari o‘tkaziladigan quyidagi tadbirlar orqali mustahkamlanadi: – harbiy bilim asoslari bo‘yicha to‘garaklar va sportning harbiy-amaliy turdagi seksiyalarini tashkil etish; – harbiy sport musobaqalari, harbiy o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish; – harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar va davra suhbatlari, munozaralar va taqdimotlar tashkil etish; – o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtida harbiy texnika, harbiy va sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi ta’lim muassasalariga tashriflarini tashkil etish. CHQBT darslarida va darsdan tashqari tadbirlar jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar umumharbiy nizomlar talablari asosida o‘rnatilishi shart. CHQBT jarayonida intizomsiz o‘quvchilardan Qurolli Kuchlar “Intizom nizomi” asosiy talablarini o‘zlashtirishlari talab etiladi. 5. Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan, shuningdek, o‘quv-kompyuter qurilmasidan (SKATT) o‘t ochish mashqlari, o‘quvchilarning o‘qotar quroldan otish qoidalari va usullarini o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida, shuningdek, ularni o‘qotar quroldan (avtomat) jangovar patronlar bilan otish bo‘yicha dastlabki mashqlarga tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi. Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlari xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda maxsus jihozlangan o‘q otish joylari (tir)da tashkil etiladi. Bunday mashqlarni amaliy bajarishga faqat o‘t otish mashqlarining shartlari va xavfsizlik qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga ruxsat beriladi. Sinovdan o‘tmagan o‘quvchilar ushbu talablarga javob bera oladigan darajaga yetgandan so‘ng darsdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda otish mashqlarini bajaradilar. Otish xavfsizligi ta’minlanmagan o‘q otish joylarida otish mashqlarini bajarish, shuningdek, otish mashqlariga rahbarlikni o‘quvchilardan biriga topshirib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Otish mashqini bajargandan so‘ng, mashqni bajaruvchilar otish natijalarini ko‘zdan kechiradi. Jangovar o‘qotar quroldan otish mashqlari maxsus jihozlangan otish joylarida (tirlarda) yoki otish maydonlarida garnizon boshlig‘i (harbiy qism komandiri) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari rejalari asosida o‘tkaziladi. Otish mashg‘ulotlari “Otish mashqi bo‘yicha yo‘riqnoma” ga muvofiq amalga oshiriladi.
259 Otish mashqlarini boshlashdan avval, otish mashqi rahbari, o‘quvchilarning xavfsizlik qoidalari, o‘qotar qurolining tuzilishi hamda otish qoidalariga doir bilimlarini nazoratdan o‘tkazadi. Ushbu qoidalarni o‘zlashtirmagan o‘quvchilar otish mashqlariga qo‘yilmaydi. Ta’lim muassasalarida o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar mavjud bo‘lmagan hollarda otish tayyorgarligi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlarda qurol-aslahalarning maketlari, ko‘rgazmali vositalar va o‘quv filmlaridan, amaliy mashg‘ulotlarda esa qurol-aslahalar, granatalar va minalarning maketlaridan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qotar qurolni o‘rganish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan ta’lim muassasasiga otaliqqa biriktirilgan harbiy qismda o‘tkaziladi. Ta’lim muassasi rahbari o‘quv qurol-aslahalarni ta’lim muassasalariga berish va ularni saqlash haqida yuqori turuvchi tashkilotlardan maxsus buyruq yoki ko‘rsatma olmagunicha, tegishli vazirlik va tashkilotlardan ta’lim muassasasini maxsus tabelga muvofiq jangovar qurol-aslaha, artilleriya va muhandislik vositalari bilan ta’minlanishini talab qilish huquqiga ega emas.
№ Bo‘limlar nomlar O‘quv soatining umumiy miqdori Ta’lim muassasi II bosqich III bosqich Uch kun lik DO ‘M (o‘g‘il bo lalar) O ‘ g‘il bol alar Qiz bolal ar O‘g‘il bol alar Qiz bolal ar O‘g‘il bol alar Qiz bolal ar 1 Kirish 4 4
4
2 Harbiy xizmat asoslari 38
4 28
4 6
4 3 Otish tayyorgarligi 20
6
4 4 Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik 18
6
8
4 5 Harbiy ish asoslari 28
20
8 6 Fuqaro muhofazasi 26
26 26
26
7 Tibbiy bilim asoslari 6 46
6 46
Jami: 140 80 80 80 40 * 20
*- Akademik litsey namunaviy o‘quv rejasi umumta’lim fanlari blokidagi soatlar taqsimotiga asosan mavzular to‘liq saqlangan holda 138soat hajmida ishchi o‘quv dasturi shakllantiriladi. 260 Eslatma: 1.CHQBT to‘liq kursi uchun – 140 soat. Shundan 76 soati - amaliy, 64 soati - nazariy mashg‘ulotlar. 2. O‘quvchi qizlar uchun 80 soat ajratiladi (4 soat - kirish mavzusiga, 26 soat fuqaro muhofazasiga, 4 soat – harbiy xizmat asoslariga, 46 soat - tibbiy bilim asoslariga).
3. Nazorat mashg‘ulotlari 12 soat. Nazorat mashg‘ulotlari har bir o‘quv bo‘limga ajratilgan vaqt hisobidan o‘tkaziladi. Nazorat mashg‘ulotlarining 4 soati (HXA - 2 soat, FM-2 soat) ta’lim muassasida katta hajmdagi mavzulardan so‘ng yoki bo‘lim yakunida o‘tkaziladi, 8 soati esa (HXA – 4 soat, YJT-2 soat, HIA – 2 soat) DO‘M mobaynida o‘tkaziladi. 1-mavzu. “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining maqsadi va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati. 1-mashg‘ulot. Nazariy. O‘zbekiston Respublikasida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning tarixiy zaruriyati hamda uning bugungi kundagi ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatan himoyasi to‘g‘risida. 2-mashg‘ulot. Nazariy.CHQBT - O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv dasturidagi umumdavlat majburiy o‘quv fani sifatida. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning mohiyati, maqsadi va vazifalari.
261 2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi - davlatning muhim vazifasi, umumxalq ishi. 1-mashg‘ulot. Nazariy. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining mamlakat mudofaa qobiliyati hamda Qurolli Kuchlarni rivojlantirish borasidagi qarashlari. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar. 2-mashg‘ulot. Nazariy. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasining mohiyati, maqsadi va vazifalari. Mudofaa doktrinasining mudofaaga qaratilganligi.
Harbiy xizmat asoslari bo‘limida o‘quvchilar harbiy xizmatning huquqiy asoslarini tashkil etuvchi “Mudofaa to‘g‘risida” gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi Qonunlar, Qurolli Kuchlarning tashkiliy tizimi va vazifalari haqida,shuningdek, muddatli harbiy
xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar bilan
tanishadilar. O‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining nizomlari talablari hamda ularga amal qilish har bir harbiy xizmatchining muqaddas burchi ekanligi tushuntiriladi. Shuningdek, o‘quvchilar qurolli to‘qnashuvlar huquqi, muddatli harbiy xizmatchilarning huquqiy javobgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
– O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Mudofaa to‘g‘risida”gi hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi Qonunlari talablarini; – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari umumharbiy nizomlarining asosiy talablarini; – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi tarixiy asoslarini; – Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi, tuzilish tamoyillari, rivojlanish strategiyasini; – Harbiy okruglar hamda mahalliy harbiy boshqaruv organlari – harbiy xizmat turlarini va harbiy xizmatni o‘tash hamda harbiy ro‘yxatda turish tartibini;
262 – harbiy unvonlar, farqlovchi belgilar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar va intizomiy ta’zirlarni; – harbiy intizom asoslarini, harbiy nizomning harbiy qism hayoti va faoliyatidagi o‘rni, harbiy xushmuomalalik qoidalari, o‘zini tutish va harbiycha salomlashish, askarning saf oldi va safdagi majburiyatlarini; – harbiy jinoyat, harbiy xizmatdan bosh tortganligi uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik haqidagi asosiy qonun talablarini; – soqchining qorovullik xizmatidagi majburiyatlarini; – qurolli to‘qnashuvlar huquqi mohiyati, tamoyillari va manbalarini; – jangovar harakat qatnashchisi (kombatant)ning kodeksini; – qurolli to‘qnashuvlar huquqining asosiy talablari va ularga rioya qilishning zarurligini; – kombatant va fuqaro shaxs orasidagi farqlarni, harbiy obyekt bilan fuqaro obyektini farqlashni; – harbiy harakatlar olib borishning taqiqlangan usullari va qurol turlarini; – qurolli to‘qnashuvlar huquqini buzganligi uchun javobgarlikni; – qurolli to‘qnashuvlar huquqi tomonidan qabul qilingan farqlovchi timsollarni va belgilarning vazifalarini; – oliy harbiy bilim yurtlari va serjantlar tayyorlash maktablariga qabul qoidalarini; – muddatli harbiy xizmatchilarga belgilangan huquq va imtiyozlarni, harbiy xizmatchilarning huquqiy holatini; – harbiy qasamyodning mohiyati, harbiy qismning jangovar bayrog‘ining ahamiyati, harbiy jamoaning shakllanishi va jipslashuvining xususiyatlari, jangovar an’analarini.
– harbiy xizmatchi majburiyatlarining mohiyatini tushuntira olish, harbiy unvonlarni farqlash, unvon va lavozim bo‘yicha kattalar va kichiklarga, boshliqlar va bo‘ysunuvchilarga murojaat qilish; – saf amallarini bajarish; – buyruq berish, buyruqni bajarish tartibi, vzvod bo‘yicha posbon harakatlarini bajarish; – trevoga e’lon qilinganida, yong‘in chiqqanida shaxsiy tarkibning harakatlanishi; – yakka tartibda va guruh tarkibida saf amallarini bajarish; – kombatantning kodeksi talablarini to‘g‘ri bajarish;
|
ma'muriyatiga murojaat qiling