O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus professional ta’limning


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi


Download 386.79 Kb.
bet97/203
Sana14.02.2023
Hajmi386.79 Kb.
#1196181
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203
Bog'liq
50810601-O‘simliklar himoyasi va karantini

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, O'simliklarni kimyoviy himoya qilish, O'simliklarni biologik himoya qilish, O'simliklarni uyg'unlashgan himoya qilish asoslari, o‘quv,Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari

O‘qitishni tashkiliy shakli

N-Nazariy ta’lim;
A-Amaliy ta’lim;
NA-Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX-Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot
S-Seminar

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq


2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim




1

Kirish





Asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishini oshirish to‘g‘risida davlat va xukumat tadbirlari.
Jadallashtirish - qishloq xo‘jalikni yuksaltirishning bosh yo‘li.
Mexanizatsiyalashgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni rivojlanish yo‘llari.
Mexanizatsiyalashgan kishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni rivojlanishini tezlashtirish va texnikadan samaradorli foydalanish bo‘yicha asosiy tadbirlar.
Kompleks mexanizatsiyalashgan kishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omilidir.
Mashinalardan to‘g‘ri foydalanishda va mexanizatsiyalashgan ishlarning ilg‘or texnologiyasini tadbiq etishda fanning tutgan o‘rni.

2

N

1




2

Qishloq xo‘jalik agregatlarining energetika vositalari va tasnifi..

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning energetika vositalari.
Qishloq xo‘jalik agregatlariga tushuncha va ularning umumiy tasnifi. Qo‘zg‘aluvchan agregatlari va ularning tasnifi. Mashina-traktor agregatlariga qo‘yiladigan asosiy talablar. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidagi energetika vositalarining turlari va ularning tavsifnomasi. Asosiy turdagi energetika vositalarining afzalligi va kamchiliklari. Asosiy turdagi agregatlarning umumiy tavsifnomasi.
Traktor va qishloq xo‘jalik mashinalarining texnologik, iqtisodiy foydalanish sifat ko‘rsatkichlari.
Traktorlarni foydalanish xossalari. Dvigatelning ishlash tartibi. Dvigatelni rostlash (tezkorlik) tavsifnomasi va undan foydalanish. Dvigatelning quvvati va ishlash davrasida uni o‘zgarishi. Yonilg‘ining solishtirma sarfi. Traktorning quvvat balansi va foydali ish koeffitsienti. Traktor ilgagidagi quvvatni aniqlash. Traktor va agregatning harakatlanish shartlari.
Agregatlarga ta’sir etadigan kuchlar. Traktorning harakatlantirgichlaridagi hosil bo‘lgan urinma kuchi va uning hosil bo‘lishi. Agregatlarning harakatlanish tenglamasi. Traktorni tortish balansi. Harakatlantiruvchi kuchning chegaralari. Traktorning ilgakdagi tortish kuchi va uni aniqlash. Traktorning tortish xossalarini yaxshilash usullari.
Traktorning tortish tavsifnomasi va undan foydalanish.

4

N.A.

2




3

Mashina-traktor agregatlarining foydalanish xossalari va ko‘rsatkichlari

Qishloq xo‘jalik mashina va tirkamlarining foydalalnish xossalari. Mashinalarning ish vaqtidagi va salt yurishlaridagi qarshiligi va ularni o‘zgaruvchanlik xarakteri. Mashinalarning solishtirma qarshiligi. Har xil sharoit va harakatlanish tezliklarida mashinalarning qarshiliklarini o‘zgaruvchanlik xarakteri va darajasi. Tortish qarshiligini kamaytirish yo‘llari.
Tirkamalar. Tirkamalar qo‘yilgan talablar. tirkamalar turlari. Mashinalarni qo‘shish va o‘rnatish usullari.

4

N.A.

2




4

Mashina-traktor agregatlarini oqilona tuzish asoslari. Mashina-traktor agregatlarini harakatlanishi.



Agregatlarga qo‘yilgan asosiy talablar. MTA tuzishda hisobga olinadigan dalillar. Agregatlarning ish tartibi (hararatlanish tezligi va dvigatelni yuklanishi bo‘yicha). Harakatlanish tezliklari: nazariy, ishchi, o‘rta texnikaviy foydalanish. Asosiy texnologik ishlarida ishchi tezliklar diapazoni. Aniq ishlab chiqarish sharoitida harakatlanishning eng qulay tezliklarini tanlash tartibi.
Tirkama, yarim o‘rnatma va o‘rnatma mashinalarni agregatlash.
Mashinalarni qo‘shish va o‘rnatish qoidalari. Agregatlarni tuzishda texnika xavfsizligi.
Agregatdagi mashinalar sonini aniqlash usullari (tajriba va hisoblash). Oddiy agregatni hisoblash tartibi. Yer haydash agregatni hisoblash. Kompleks agregatni hisoblash tartibi. Tortish-yuritma agregatni hisoblash xususiyatlari. Transport agregatni tortish hisoblashining xususiyatlari.
Rostlash maydoncha va dalada agregatlarni texnologik sozlash. MTAning harakatlanish barqarorligiga qo‘yilgan talablar. Marker va iz ko‘rsatkichlarning chiqishini aniqlash. Universal va kompleks (kombinatsiyalangan) agregatlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari. Agregatlarni tuzishda va foydalanishda ilg‘or mexanizatorlarning tajribasi. Agregatlarni boshqarishini avtomatlashtirish tajribasi.
MTA-ni oqilona harakatlanish usullarining ahamiyati. MTA-ning kinematikasiga tushuncha. Traktor va agregatlarning kinematik tavsifnomalari. Agregatning og‘irlik markazi, kinematik uzunligi va eni, burilish markazi va radiusi. Agregatning minimal burilish radiusini asoslash. Agregatni 90 va 180 gradusga burilishi. Burilish uzunligi va burilish yo‘lining talab qilingan enini asoslash. MTA-ning harakatlanish usullari va ularning tavsifnomasi.
Agregatning haraktlanish usulini tanlashdagi dalillar. Ish yurishlar koeffitsienti. Agregatning ish va salt yurishlari masofasini aniqlash. Salt yurishlarni kamaytirish yo‘llari. Har xil harakatlanish usullarini solishtirish va tahlil qilish, eng qulayini tanlash. MTA-ni ishlashi uchun dala va paykalarni tayyorlash bo‘yicha ilg‘or mexanizatorlarning tajribasi.

4

N,A.

2




5

Mashina-traktor agregatlarining unumdorligi va uni oshirish yo‘llari

Mehnat unumdorligi haqida tushuncha. Mehnat unumdorligining bajargan ish sifati bilan bog‘liqligi. MTA-ning nazariy unumdorligi va unga ta’sir etuvchi dallillar. Unumdorlik birliklari. MTA-ning texnikaviy va haqiqiy unumdorliklari.
Agregatning ish qamrash kengligi, qamrash kengligidan foydalanish koeffitsienti. Agregatning ish tezligi. Tezlikdan foydalanish koeffitsienti. Smena vaqti balansi. Smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti va uning tahlili. Smena vaqtidan xususiy foydalanish koeffitsientlari.
Agregatlarning unumdorligini traktorning quvvati bo‘yicha aniqlash. Terish agregatlarning unumdorligining aniqlash xususiyatlari. MTA-ning unumdorligini oshirish yo‘llari.
Shartli etalon gektar-mexanizatsiyalashgan ishlarning o‘lchash birligi. Mexanizatsiyalashgan ishlar hajminini shartli etalon gektariga aylantirish qoidalari. Shartli etalon traktor. Fizikaviy traktorlar sonini shartli etalon traktorlar soniga aylantirish koeffitsientlari. MTA-ning unumdorligini oshirishda ilg‘or mexanizatorlarning tajribasi.

4

N.A. X

2




6

Foydalanish sarf-harajatlari va ularni kamaytirish yo‘llari



Foydalanish sarf-harajatlarining tasnifi. Mehnat sarfi va uni kamaytirish yo‘llari. Energiya sarfi va uni tasnifi. Energiya sarfini kamaytirish yo‘llari. Yonilg‘i-moylash materiallari sarfi. Smenalik yonilg‘i sarfini aniqlash. Bajargan ish birligiga yonilg‘i sarfi. Neft mahsulotlarini tejash yo‘llari.
Yonilg‘i va moylash materiallaridan oqilona va tejamli foydalanishda ilg‘or mexanizatorlarining tajribasi.

4

N.A.

2




7

Qishloq xo‘jaligidagi transport

Qishloq xo‘jaligida transportning ahamiyati. Transport vositalarining turlari. Yo‘llar tasnifi. Harakat marshrutlari turlari. Yo‘llar tasnifi. Qatnash va borib-kelish (reys) haqida tushuncha. Yuk tashish rejasi. Transport ishlarning grafigi. Transport vositalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularning tahlili. Ish vaqtidan, bosib o‘tilgan masofadan, yuk ko‘tarish kuchidan va tezlikdan foydalanish ko‘rsatkichlari. Texnikaviy tayyorligi. Transport agregatlarining unumdorligi. Tonna va tonna-kilometr hisobida unumdorligi. Transport ishlarini tashkil qilish va rejalashtirish.
Transport vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. Yuk ortish va tushirish ishlarini mexanizatsiyalash. Transport ishlarida traktorlardan foydalanish xususiyatari. Traktor tirkamalarining tavsifnomasi.
Transport ishini hisobga olish va nazorat qilish. Qishloq ho‘jaligida transportdan foydalanish iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Transportdan samaradorli foydalanishda ilg‘or xo‘jaliklarning tajribasi.

4

N.A.

2




8

Texnologiya, ishlab chiqarish jarayoni va operatsiyalar haqida tushuncha. Agrome’yorlash va quyimlarni asoslash



Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasi va uni asoslash. Ishlab chiqarish jarayoni va operatsiyalar, ularning tasnifi. Texnologik, yig‘ish, transport, tayyorlash va yordamchi operatsiyalari.
Texnologik jarayonlarini tuzishda va mexanizatsiyalashgan ishlarni tashkil qilishda umumiy prinsiplari. Operatsion texnologiyasi. Agrome’yorlash va qo‘yimlarni asoslash. Operatsiya va texnologik xaritalarini ishlab chiqish. Texnologik operatsiyalarning sifat ko‘rsatkichlari va ularning tasnifi. MTA-ning ish sifatini baholash uslublari. Oqilona texnologiyasini yaratishda fan, texnika yutuqlari va ilg‘or tajribasi ahamiyati.

4

N.A.

2




9

Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda ilg‘or texnologiyalar



Qishloq xo‘jaligini sanoat asosiga va progressiv texnologiyasiga o‘tkazishda fan-texnika taraqqiyotining bosh yo‘nalishi.
Sanoat texnologiyasi haqida tushuncha. Qishloq xo‘jalik (mintaqalar bo‘yicha) sanoat texnologiyasida yetishtirishda asosiy texnologik operatsiyalari. Mashinalar tizimi.
Sanoat texnologiyasi bo‘yicha texnikaviy ekinlarni yetishtirish xususiyatlari.
Ilg‘orlar tajribasi.

4

N.A.

2




10

O‘g‘itlarni tayyorlash va tuproqqa solish

O‘g‘itlar va ularni tuproqqa solish usullari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
Organik o‘g‘itlarni tuproqqa solish. Agrotexnikaviy talablar. O‘g‘itlar solish uchun mashinalar to‘plami. Suyuq o‘g‘itlarni tuproqqa solish. Dalani tayyorlash. Agregatlarni ishga tayyorlash.
Yuklagich va go‘ng sochgichlarning ishini tashkil etish.
Tuproqqa mineral o‘g‘itlar solish. Agrotexnikaviy talablar.
O‘g‘it solish mashinalari. Agregatlanishi. O‘g‘it solish mashinalari. O‘g‘it solish normasiga o‘rnatish. Agregatlarning harakatlanish usullari. Ishni tashkil etish. Ish sifatini nazorat qilish. Texnika xavfsizligi. Ilg‘orlar tajribasidan.

2

N

1




11

Tuproqqa asosiy va ekish oldidan ishlov berish



Tuproqqa asosiy ishlov berish haqidagi tushuncha. Tuproqqa asosiy ishlov berish usullari. Tuproq qatlamini ag‘darib va ag‘darmasdan yer haydash.
Yer haydash texnologiyasi. Agrotexnikaviy talablari. Yer haydash agregatlarni tuzish, ishga tayyorlash. Dalani ishga tayyorlash.
Agregatning harakatlanish usullarini tanlash. Yer haydash agregatlarini ishini tashkil etish. Yer haydash sifatini nazorat qilish. Tuproqqa asosiy ishlov berish bo‘yicha ilg‘or mexanizatorarning tajribasi. Texnika xavfsizligi.
Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish va unga qo‘yilgan agrotexnikaviy talablar. Kultivatsiya. Boronolash. Molalash. Agregatlar tuzish va ularni ishga tayyorlash. Agregatlarning ishini tashkil etish. Ish sifatini nazorat qilish. Texnika havfsizligi.
Tuproqqa ishlov berish ilg‘or uslublari. Tuproqqa ishlov berish bo‘yicha agregatlarning unumdorligini va tejamligini oshirish yo‘llari.



2

A

1




12

Don va dukkakli ekinlari yetishtirish va hosilini o‘rib-yig‘ib olish

Don va dukkakli ekinlarni ekish usullari. Agrotalablar. Mashinalar tanlash. Ekish agregatlarini tuzish va ishga tayyorlash. Seyalkani ekish normasiga va berilgan ekish chuqurlikka rostlash. Marker va iz ko‘rsatkichlarni o‘rnatish. Agregatning harakatlanish usullari.
Urug‘ bilan agregatlarni to‘ldirishni tashkil etish. Ish sifatini nazorati. Texnika xavfsizligi.
Don va dukkakli ekinlarini parvarish ishlari. Agrotalablar. Parvarish agregatlarini tuzish va ularni ishga tayyorlash. Agregatlarning harakatlanish usullari. Ish sifatini tekshirish. Texnika xavfsizligi.
Don va dukkakli ekinlari hosilini o‘rib yig‘ishning umumiy xususiyatlari. Agrotalablar. O‘rib-yig‘ish usulini tanlash. Don ekinlarini oqim usulida o‘rib-yig‘ish uchun mashinalar tizimi.
Agregatlar tuzish va ularni ishga tayyorlash. Jatka va kombaynlarning ishchi organlarini tekshirish va sozlash. Kombaynning qulay harakat tezligini tanlash. Kombaynlarni tayyorlash (germetizatsiya, rostlash, sozlash). Dalani ishga tayyorlash. Agregatning harakatlanish usullari. Agregatlarni dalada ishini tashkil etish.
Ish sifatini nazorat qilish.
Somon yig‘ishni mexanizatsiyalash.
Ilg‘orlar tajribasidan. Texnika xavfsiziligi va yong‘ingi qarshi chora tadbirlar.

2

N

1




13

Paxta yetishtirish va uni yig‘ib-terib olish



Chig‘it ekish. Urug‘lik chigitiga qo‘yilgan talablar. Ekish usullari. Ekishga qo‘yilgan agrotexnika talablari. Mashinalar tanlash. Agregatlarni tuzish va ularni ishga tayyorlash. Dalani ishga tayyorlash. Agregatni harakatlanish usullari. Agregatni ishini tashkil etish. Chigit ekish sifatini nazorat qilish.
Ilg‘orlar tajribasi. Texnika xavfsizligi.
G‘o‘za parvarishi. G‘o‘za opreatsiyalari ro‘yhati.
Parvarish operatsiyalariga qo‘yilgan umumiy agrotexnika talablari. Agregatlarga qo‘yilgan talablar. Agregatlar tuzish va ishga tayyorlash. Tuproqni yumshatish, chopish, oziqlantirish, egat ochish va boshqa ishlar uchun ishchi organlarni tanlash. O‘rnatish va rostlash.
Parvarish ishlarini tashkil qilish. Agregatlarga texnologik xizmat ko‘rsatish. Agregatlarning harakatlanish usullari. G‘o‘za zarakunandalari va qasalliklariga qarshi kurashish operatsiyalarini bajarish bo‘yicha mashina va ishchi organlarini tanlash. Dala va agregatni ishga tayyorlash. Dala va agregatni ishga tayyorlash. Agregatlarning unumdotligini va tejamligini oshirish yo‘llari. Ilg‘orlar tajribasi. Texnika xavfsizligi.
Paxta hosilini yig‘ib-terib olish. Paxtani yig‘ib-terib olish ishlarining xususiyatlari. Agrotexnika talablari. Mashinalar tizimi. Agregatlar tuzish va ularni ishga tayyorlash. Dalani ishga tayyorlash. Agregatlarning harakatlanish usullari. Agregatlarning ishini tashkil qilish. Yig‘ish-transport komplekslarini tashkil etish. Ish sifatini nazorat qilish. Ilg‘orlar tajribasidan.
Mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari. Texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi chora-tadbirlar.



4

A

2




14

Makkajo‘xori yetishtirish va o‘rib-yig‘ib olish



Makkajo‘xori ekish. Ekish usullari. Agrotexnika talablari.
Mashinalar tanlash. Agregatlarni tuzish va ularni ishga tayyorlash.
Dalani ishga tayyorlash. Agregatlarning dalada harakatlanish usullari. Agregatning ishini tashkil etish. Ish sifatini nazorat qilish.
Makkajo‘xori ekinlarini parvarish. Parvarish operatsiyalari, ularga qo‘yilgan agrotexnika talablari. Agregatlar tuzish va ishga tayyorlash. Agregatlarning dalada harakatlanish usullari.
Agregatlarning ishini tashkil etish. Ish sifatini nazorat qilish.
Texnika havfsizligi. Ilg‘orlar tajribasidan
Makkajo‘xori ekinlarini don va silos uchun o‘rib-yig‘ib olishiga qo‘yilgan agrotexnika talablari. O‘rib-yig‘ish mashinalari.
Agregatlar tuzish va ishga tayyorlash. Agregatlarning harakatlanish usullari va dalani ishiga tayyorlash. Agregatlarni dalada ishlashi. Ish sifatini nazorat qilish. Ilg‘orlar tajribasidan. Texnika xavfsizligi.

2

N

1




15

Bir va ko‘p yillik o‘tlar yetishtirish va yig‘ib olish



O‘t yetishtirish xususiyatlari. O‘t ekish va ekilgan o‘tlarni parvarish qilish. Agrotexnika talablari. Mashinalar tizimi.
Agregatlar tuzish va ularni ishga tayyorlash. Dalada agregatlarni ishini tashkil etish.
O‘tlarni pichan uchun o‘rib olish. O‘tlarni senaj uchun o‘rib-yig‘ib olish. O‘tlarni vitaminli o‘t uni uchun o‘rib olish. O‘tlarni silos uchun o‘rish. Agrotexnika talablari. Agregatlar tuzish va ularni ishga tayyorlash. Agregatlarning ishini tashkil etish. Texnika xavfsizligi. Ilg‘orlar tajibasidan.

2

A

1




16

Kartoshka yetishtirish va yig‘ib-terib olish.



Ekishga tayyorlash. Katroshka ekish. Ekinni parvarish qilish. Kartoshkani yig‘ib olish. Agrotexnika talablari. Mashinalar tizimi. Agregatlar tuzish va ularni ishga tayyorlash. Dalani ishga tayyorlash. Agregatlarni ishini tashkil etish. Texnika xavfsizligi.

2

N

1




17

Sabzovotchilikda va bog‘dorchilikdagi ishlarni mexanizatsiyalash

Sabzovotchilikning ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari. Sabzovot ekiladigan yerlarni tayyorlash xususiyatlari. Sabzovotlar urug‘ini sepish va ko‘chatini o‘tkazish muddatlari va usullari. Seyalka va ko‘chat o‘tkazish mashinalarini ishga tayyorlash. Mashinalarning ishlashi. Sabzovotlarni yig‘ib-terib olish.
Ilg‘orlar tajribasi.
Bog‘dorchilikdagi mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishiga qo‘yilgan agrotexnika talablari. Bog‘dorchilikda yig‘ish-terish ishlarini bajarish uchun mashinalar. Yig‘ib-terish ishlarni mexanizatsiyalash istiqbollari. Ilg‘orlar tajribasi. Texnika xavfsizligi.



2

A

1




18

Mashina-traktor saroyi strukturasi va tarkibini aniqlash, uni ishini rejalashtirish



Mashina-traktor saroyining eng qulay strukturasi va tarkibining ahamiyati. Mexanizatsiyalashgan ishlarning hajmini aniqlash.
Kalendar muddatlari va ayrim texnologik operatsiyalar davomiyligi bo‘yicha ishlarni taqsimlash. Mintaqaviy hususiyatlarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik texnikasini asoslash va tanlash.
MTS-ning strukturasini va eng qulay tarkibini aniqlash uslubi. MTS-ni tarkibini normativ uslubida aniqlash. Mexanizatsiyalashgan ishlar hajmi bo‘yicha traktorlardagi talabini aniqlash.
Umumiy vazifa mashinalardagi talabini aniqlash. Maxsus vazifa mashinalardagi talabini aniqlash. O‘rnatilgan agromuddatda berilgan ish hajmini bajarish uchun agregatlarni sonini aniqlash.
Traktor ishlarini (traktorlar markalari bo‘yicha) bajarish yig‘ma jadvallarini tuzish.
Traktor markalari bo‘yicha mashinalardan foydalanish grafiklarini tuzish. Grafiklarning korrektirovkasi. Traktorning yillik yuklama rejasini tuzish. Traktorlar xo‘jalik raqamlari bo‘yicha mashinalardan foydalanish tezkor grafiklarini tuzish. Mexanizatsiyalashgan zvenolarning rejalashtirish umumiy sxemasi. Ilg‘orlar tajribasi.

4

N,A.

2




19

Mexanizatsiyalashgan ishlarni oqim-sikl uslubida bajarish



Oqim jarayonining ahamiyati va mazmuni. Oqimli ishlab chiqarishni ta’minlash shartlari. Mexanizatsiyalashgan komplekslarni tashkil qilish asoslari. Komplekslarni ishini rejalash va boshqarish.
Komplekslar ishining iqtisodiy samaradorligi.

2

A

1




20

Mashina-traktor saroyidan foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlari

Tahlilning ahamiyati va uslublari. Mashina-traktor saroyi (MTS)dan samarali foydalanishning bosh ko‘rsatkichlari: ekinlarning hosildorligi va olingan mahsulotning tannarxi. Texnika bilan ta’minlanish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash darajasi ko‘rsatkichlari. Mashinalar tizimlarini solishtirib baholash.
Yangi texnika va MTS-dan foydalanish va tutish ilg‘or uslublarini qo‘llash samaradorligi.
Ilg‘or mexanizatorlarning, mexanizatsiyalashgan zvenolarning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari.



2

N

1





Download 386.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling