TAQRIZCHI:
A.Umarov-
|
Toshkent davlat transport universiteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, t.f.d, professor
|
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Fizika
|
Ajratilgan soat
|
40
|
mavzular soni
|
6
|
Dasturning maqsadi
|
Bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini fizikaning asosiy qonun - qoidalari, hamda nazariy, amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan fizik tushunchalar bilan tanishtirishdan, yangiliklarni mustaqil o‘rganib, uning tadbiqlarini o‘zlashtira olishga o‘rgatishdan, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishdan, ijodiy izlanishlarga va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning istiqbollarini fizik tushunchalar yordamida bayon qila olishga o‘rgatishdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish)
natijalari
|
talabalarda fizikaviy qonuniyatlar va omillarni qishloq xo‘jaligida qo‘llay olishlari to‘g‘risida tasavvurlar hosil qilish va rivojlantirish;
nazariy bilimlar va tajribalarga tayanib bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirib, o‘zlari mustaqil ravishda yangi bilimlar olishini, ma’lumotlar oqimidan kerakli ma’lumotlarni ajratib olib ulardan to‘g‘ri foydalanishlarini va yangi ma’lumotlarga o‘z fikrlarini bildirib ularni baholay olishlarini rivojlantirish;
mohiyatiga yetgan holda yangi bilimlar olib ko‘nikmalarga ega bo‘lib professional kasbiy faoliyatini rivojlantirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |