O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni


Download 0.5 Mb.
bet33/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni

Bozor holatining o‘zgarishiga iste’molchi yoki xaridoming muno- sabati ulaming talabi orqali namoyon bo‘Isa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining munosabati taklif orqali namoyon bo‘ladi.


Ma’lum vaqt ora!ig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdag tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillaming asosiylari quyidagilar: 1) resurslar narxi; 2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 3) soliq va subsidiyalar; 4) boshqa tovarlar narxi; 5) narx o‘zgarishining kutilishi; 6) bozordagi sotuvchilar soni. Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta’sir qiluvchi omillami alohida-alohida qarab chiqamiz.
1. Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifini qisqartiradi.


2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalaming takomil- lashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslaming mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari ka- mayadi va taklif ко‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qar- shi ancha samarali biologik usullaming yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Soliqlaming aksari- yat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlaming oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qanday dir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya - davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o‘z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsad- lar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlami kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling