O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet31/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Talab - pul bilan ta’minlangan, to‘lovga qodir ehtiyoj; ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlaming mavjud darajasida iste’molchilaming tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji.
Yakka talab - har bir alohida iste’molchi (masalan, shaxs, oila, korxona, firma)ning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi.
Bozor talabi - bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilaming shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi.
Talab qonuni - tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik.
Talab egri chizig‘i - narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi egri chiziq.
Oliy toifali tovarlar - daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar.
Past toifali tovarlar - daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar.
Engel qonuni - iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bogiiqlik.
Taklif - ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlaming muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori.
Taklif qonuni - narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi.
Bozor muvozanati - talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat.
Bozor narxi - bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifo- dalovchi ko‘rsatkich.
Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - iste’molchi daromadining bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling