O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet34/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

4. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, boshqa o‘zgarmas sharoitlarda qo‘y go‘shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go‘shti taklifining oshirilishiga olib keladi.
5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxi o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kunda- gi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bolmaydi. Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozu- vchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan boiadi.


Asosiy tayanch tushunchalar
Taklif - ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlaming muayyan darajasida ishlab chiqamvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlaming bozorga chiqarilgan miqdori.
Taklif qonuni - narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi.
Bozor muvozanati - talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat.
Bozor narxi - bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllan-gan narx.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi iste’molchi daromadining bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Iste’molchining afzal ko‘rishi - iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlaming naflilik darajasining baholanishi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling