O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Raqobatning resurslami joylashtirish vazifasi


Download 0.5 Mb.
bet72/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Raqobatning resurslami joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va min-taqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqo­zo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklaming joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)laming ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ulaming shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilaming boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘matishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.


Asosiy tayanch tushunchalar
Raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurash.
Tarmoq ichidagi raqobat - ishlab chiqarish va sotishning qulay-roq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.
Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
G‘irrom raqobat - raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan cheta chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblaming obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.
Halol raqobat - jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullami qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlami qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi.
Narx vositasida raqobatlashuv - ishlab chiqaruvchilaming o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilaming shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi asosidagi kurash.
Narxsiz raqobatlashuv - asosiy omili tovarlaming narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblangan kurash.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling