O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 0.5 Mb.
bet77/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ulaming har biriga xos belgilarini ko‘rsating.
2. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.
3. Halol va g‘irrom raqobatlashuv usullariga nimalar kiradi?
4. Raqobatlashuvning demping narxlami qo‘llash usuli qanday sharoitlarda amalga oshiriladi?
5. Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asoslari nimalardan iborat? Monopoliyaning qanday turlari mavjud?
6. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
26- MAVZU. O‘ZBEKISTONDA RAQOBATCHILIK MUHITINING VUJUDGA KELISHI VA MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK


REJA.
1.O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi
2.O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik


1.O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yu-zaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.


Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qay-tadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish strategiyasiga ко ‘ ra “iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbar-dosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulotvatexnologiyaturlarinio‘zlashtirish,shuasosdaichkivatashqi bozorlarda milliy tovarlaming raqobatbardoshligini ta’minlash”ga kengroq e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2017-yil va undan keyingi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra,
- korxonalaming birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;
- raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;
- ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalaming aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;
- manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida sho‘ba korxona tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash ishlarini olib borish nazarda tutilmoqda.
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda ham uyushmalar, konsemlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xomashyolaming alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi. 2019-yilda 609 ta davlat aktivlari investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotildi.
Bugungi kunda 413 ta davlat aktivlari, shu jumladan 65 tasi “nol” xarid qiymatida ommaviy savdolarga qo‘yildi.
0 ‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagi chora-tadbirlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:
a
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling