O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet76/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Tarmoq ichidagi raqobat - ishlab chiqarish va sotishning qulay-roq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.
Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
G‘irrom raqobat - raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan cheta chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblaming obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.
Halol raqobat - jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullami qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlami qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi.
Narx vositasida raqobatlashuv - ishlab chiqaruvchilaming o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilaming shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi asosidagi kurash.
Narxsiz raqobatlashuv - asosiy omili tovarlaming narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblangan kurash.
Monopoliya - monopol yuqori narxlami o‘matish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Ishlab chiqarishning to‘planishi - ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishi.
Kapitalning to‘planishi - qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi - bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallaming aksiyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishi.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukm-ronlik holati.
Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.
Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati.
Tabiiy monopoliya - korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling