O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet91/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor narxi - bir tomondan, tovarlaming sotilishini ta’minlovchi, boshqa tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan narx.
Joriy narx - yil davomidagi ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda qo‘llaniluvchi amaldagi narx.
Qiyosiy narx - ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx.
Narx tizimi - iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.
Ulgurji narx - ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx.
Shartnoma narx - sotuvchi va xaridoming roziligi bilan belgi-lanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx.
Chakana narx - tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx.
Chegaralangan narx - davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx.
Dotatsiyalangan narx - davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.
Demping narx - bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.
Nufuzli narx - sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
Erkin bozor narxi - talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxi.
Narx diapazoni - narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi.
Hududiy narx - faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladigan narx.
Milliy bozor narxi - bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ulaming xususiyatini aks ettiruvchi narx.
Jahon bozori narxi - muayyan tovami ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal xarajatlami, tovarning jahon standarti talabiga mos
kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladigan narx.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Narxning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar nimalardan iborat?
2. Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topish mex-anizmini tushuntirib bering.
3. Sof monopoliya sharoitida narx qanday shakllanadi?
4. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
5. Oligopoliya sharoitida firmalaming «inkor etish» va «ergashish» xatti-harakatlarining mazmuni nimadan iborat? «Narx bo‘yicha yetakchilik» tushunchasini izohlab bering.
6 Narx siyosati nima? 0 ‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud?



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling