O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet94/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foy- dalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.
2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalami bilasiz?
3. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering.
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalami qo‘yadi?


31- MAVZU. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
REJA
1 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari
2.Respublikamizda monopol faoliyatni cheklash.


1 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hozirgi davrda obyektiv tavsif kasb etadi. Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozoming kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolami hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri boisada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining obyektiv zarurligi eng awalo ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning obyektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.


Bu jarayon quyidagilarda namoyon boiadi:
- chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarish ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bogiiqligi yanada kuchayadi;
- ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xo‘jalik birliklarining mayda boiaklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;
- ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi;
- turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga obyektiv ehtiyoj paydo boiadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har qan­day tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining maium darajasida
obyektiv zaruriyatga aylanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
Bozor xo‘jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat boiadi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalami hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlami qoilab-quwatlash, eksportni himoya qilish kabilami kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tauibga solish mexanizmi to‘g‘risida toiaroq tasawurga ega bo‘lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini toiaroq tavsiflash lozim.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo‘jaliklaming tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatiniyaxshilash kabilami kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi. Bozor xo‘jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish maqsa-diga ega bo‘ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2) resurslami qayta taqsimlash;
3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni ta’minlash quyidagi tadbirlaming amalga oshirilishini taqozo qiladi: xususiy korxonalaming huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslami yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlami tartibga soluvchi qonuniy
bitimlami ishlab chiqish va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida» va «Aksionerlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi qonunlari hamda ularga kiritil­gan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo'yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosni ta’minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o‘z ichiga ichki tartibni saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchash standartlarini belgilash, tovar va xizmatlar ayirboshlashni yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilami oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm boiib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar yoki iste’molchilaming ehtiyojlariga ishlab chiqamvchi va resurs yetkazib bemvchilami bo‘ysundiradi. Raqobat sharoitida ko‘plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilaming taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurs yet­kazib beruvchilar iste’molchilaming faqat bozor orqali hisobga olinadigan xohishlariga moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo‘ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o‘z mavqelarining mustahkamlanishini kutadi, kim bozor qonun-larini buzsa, zarar ko‘radi va oxir-oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida xaridor - bu xo‘jayin, bozor ulaming gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori hisoblanadi.
Iqtisodiyotda sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘mini monopoliyalar egallaganda, ulaming bozorga ta’sir ko‘rsatish yoki undagi narxlami o‘z manfaatlarini ko‘zlab o‘zgartirish imkoniyati paydo boiadi. Monopoliyalar o‘zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o‘matiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor mavjud boiish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga standartlami o‘matadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling