O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Respublikamizda monopol faoliyatni cheklash


Download 0.5 Mb.
bet95/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Respublikamizda monopol faoliyatni cheklash.

Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.


Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ulaming yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo‘lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo‘lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg‘iz va qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklami keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert to‘lovlari muhtojlarni, nogironlami va birovning qaramog‘ida bo‘lganlami nafaqalar bilan, ishsizlami ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionyerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag‘larini jamiyatning kam daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo‘lmagan a’zolari hisobiga qayta taqsimlaydi. Ikkinchidan, davlat bozomi tartibga solish yo‘li bi­lan, ya’ni talab va taklif ta’sirida o‘matiladigan narxlami o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlaming taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Me’yordagi oziq-ovqat tovarlariga o‘matiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma’lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir.
Davlat jamiyat a’zolari o‘rtasida daromadlami qayta taqsimlashda soliq imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.
Bozor mexanizmining resurslami qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki holatda ko‘rinadi, ya’ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma’lum tovarlar va xizmatlaming kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi.
Resurslarning qayta taqsimlanishi tovarlami ishlab chiqarish yoki
iste’mol qilish bilan bogiiq foyda yoki zarar uchinchi tomonga, ya’ni bevosita xaridor yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga «siljigan» chog‘da vujudga keladi. Bu qo‘shimcha samara deb ataladi,chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar hissasiga to‘g‘ri keluvchi foyda yoki zarami ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o‘zining sanoat chiqindilarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu ushbu suv havzasida cho‘miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi aholiga zarar keltiradi. Ishlab chiqaruvchi esa atrof-muhitni muhofazalovchi inshoot va qurilmalar o‘rnatmaslik hisobiga o‘z ishlab chiqarish xarajatlarining ancha past darajasini ta’minlaydi. Resurslaming nomutanosib taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan bunday holatlami tartibga solish uchun davlat qonunchilik tadbirlarini qoilaydi yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi. Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki cheklovchi qonunlar ishlab chiqaruvchilami o‘zlarining sanoat chiqindilarini ishlab chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o‘matish bilan yo‘qotishga majbur qiladi. Shuningdek, davlat maxsus soliqlami kiritish orqali atrof-muhitning ifloslanishidan boshqalarga kelishi mum­
kin boigan zarami korxonalaming o‘ziga yuklashga harakat qiladi.Davlat bir qator yoilar bilan resurslaming nomutanosib taqsimlanishi keltirib chiqaradigan oqibatlami yumshatishga ham harakat qiladi. Birinchidan, iste’molchilaming muayyan tovar va xizmatlami xarid qilish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ulaming talabi kengaytiriladi. Masalan, respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning
dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi past daromadli oilalaming oziq-ovqat mahsulotlariga boigan talabini oshirdi va shu orqali resurslaming nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qildi. Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchi-laming zararlarini qisqartiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslaming yetishmasligi muammosini bartaraf qiladi. Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlaming ishlab chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkiga asoslanadi va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ulami moliyalashtirishni davlat oLz zimmasiga oladi. Fan, ta’lim, sogiiqni saqlash, milliy mu-dofaa, favqulodda ro‘y beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash,
ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.
Davlat byudjet mablag‘lari hisobiga resurslami xususiy sohada qollanilishdan bo‘shatadi hamda ulami ijtimoiy ne’mat va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltirishi mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o‘zgarishlami amalga oshirish maqsadida resurslami qayta taqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta’minlash, to‘la bandlik va narxlaming barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya’ni xususiy va davlat sarflarining hajmi yetarli bolmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarga o‘z sarflarini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektor sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlami qisqartiradi. Agar jami sarflar
to‘la bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu narxlar da­rajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflaming mazkur ortiqcha darajasi inflyasion xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlami oshirish orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflami tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bolganda davlat sarflarining ko‘payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning o‘sishiga olib keladi. 0 ‘z navbatida, soliqlaming qisqarishi yoki transfert tolovlarining ko‘payishi daromadlami ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy sarflaming o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning xususiy va kooperativ sektorida daromadlami qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga soluvchi xususiyatga ega boigan bir qator vaziyatlami ham amalga oshiradi. Bularga atrof-muhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash, bo‘sh ishchi o‘rinlariga ega bolishning teng sharoitini ta’minlash va ma’lum sohalarda narx belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilami kiritish mumkin.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling