O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet96/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foy- dalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha tavsifini bering.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalami qo‘yadi?
4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating.
5. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol o‘ynaydi?
32-MAVZU. DAVLATNING IQTISODIYOTGA TA’SIR QILISH
USULLARI VA VOSITALARI
REJA.
1.Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solish.
2.Pul-kredit siyosatining

1.Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solish.


Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullami umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
- bevosita ta’sir qilish usullari;
- bilvosita ta’sir qilish usullari;
- tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun boigan mamlakatlarda davlat­ning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun boisa, bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlami bil­vosita tartibga solish bilan bogiangan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta y o i orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan tovon toiash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat byudjeti mablagiari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlami barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalaming aksiyalarini sotib olish va araiash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
Hozirda so‘nggi uchinchi y o i ustun ravishda amal qilmoqda.Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatni ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi.Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlami o‘z ichiga oladi. Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali boiib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilami alohida ko‘rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari - transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarnibevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatidao‘ziga qarashli korxona va tashkilotlarning iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum doirada amal qilib, ko‘pinchatexnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan,ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchitomondan vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib qolishi ham mumkin.Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik obyektiga aylantiriladi.Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash» hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotni tartibga solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlanadi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ta’sirida inflyatsiya darajasining pasayishi investitsiyalar hajmining oshishini rag‘batlantiradi;
v) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Ulami zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish. Bunday qonunlar qatoriga monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar kiradi.Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo‘l berilmaydi va erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling