O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


Download 0.5 Mb.
bet93/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samarador­ligiga ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlami taqozo etadi. Ularga eng avvalo taribga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha xarajatlami kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bo­zor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsim- lanishiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’simi ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog‘liq boigan sarf-xarajatlaming miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam boiishi lozim. Ulaming nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.
XX asming 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yoli bilan davlat sektori ulushi qisqartirildi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda no-markazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi. Jumladan, AQSHda bu tadbirlar «Ameri-kaning yangi rivojlanish yoli: iqtisodiy jihatdan yangilanish dasturi» nomli yo‘nalish asosida amalga oshirilib, unda daromad solig‘i stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida yirikkorporatsiyalar investitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qoilash, federal hukumat xarajatlarini cheklash, xususiy biznes faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi. Biroq, olib borilgan tadbirlar ku-tilgan natijani bermadi. Bunday jarayonlar Angliya, Yaponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro‘y berdi.
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyin iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar yangi-dan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlami ro‘yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv shakllari va nazoratning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda inqirozga qarshi chora-tadbirlar asosan davlat dasturlari asosida olib borilmoqda.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling