O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Ulgurji savdo firmalari tovarlarni


Download 0.5 Mb.
bet19/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari hisobidan sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi.
Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlaming deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlami buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
2. Elektron savdo bozorlari
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9 dekabrdagi son Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi; kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat:
- xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;
- savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;
- ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati;
- kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘Igan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;
- xaridorlaming yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
- hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami tanlash va sotish imkoniyati;
- elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi.
Qo‘lga kiritilgan yutuqlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, awalambor, tizimli demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiy liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish, modemizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini izchil davom ettirish -bulaming bari muvaffaqiyatlaming asosiy omilidir. E’tiborli jihati, yalpi ichki mahsulotning muttasil o‘sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari yoki bo‘lmasa, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom-ashyo hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, aksincha, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish evaziga ta’minlanmoqda.
Ushbu vazifalami amalga oshirish natijasi o‘laroq, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o ‘zgartirish, qayta ishlangan hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlami ko‘paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozitsi- yasini mustahkamlash imkonini bermoqda.Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o ‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘matadi. Moliyaviy muassasalaming aksariyati o ‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar subyektlaming ortiqcha pul mablag‘larini jalb etib, o ‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan subyektlarga pul qarz beradi.Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabat-larida alohida o ‘ziga xos o ‘ringa ega. Ulaming iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o ‘mi bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma- korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatinitekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muas-sasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta’minlaydi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling