O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


- Mavzu. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari


Download 0.5 Mb.
bet17/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

5- Mavzu. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari


Reja.
1. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
2. Elektron savdo bozorlari


1. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Bozoming samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilma-sining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:
1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);
2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);
3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlami to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilaming savdo-sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ulaming bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o ‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling